Biz haqimizda
«eMaktab» – «Kundalik» MChJ tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar, ta’lim tashkilotlari ma’muriyatlari, shuningdek, ta’lim organlari vakillari uchun mo‘ljallangan yagona raqamli ta’lim platformasidir.
Faoliyatning muhim yo‘nalishlari:
- Maktab ta’limini raqamlashtirish.
- Ta’lim jarayoniga yetakchi AKTni integratsiya qilish.
- “O‘qituvchi – o‘quvchi – ota-ona” interaktiv kommunikatsiyasini rivojlantirish.
- Masofaviy va mustaqil ta’lim uchun imkoniyatlarni amalga oshirish.
- Maktab o‘quv dasturi doirasida fanlarni qo‘shimcha o‘rganish uchun multiservisli onlayn-platformani ishlab chiqish.
eMaktab 2022 yil oktabrda “Uznet”da eng ko‘p tashrif buyurilgan saytlar uchligiga kirdi. Alexa tahliliy portal ma’lumotlariga ko‘ra.
Platforma onlayn rejimda dars jadvalini tuzish, oʻqituvchilar uchun darsbay rejalarni shakllantirish, davomat va oʻquvchilarning oʻzlashtirishlarini jurnal va kundalikning elektron shakllarida yuritish imkonini beradi, shuningdek, taʼlim tashkilotlari va taʼlim organlarini statistik hisobotlarni shakllantirish vositalari bilan taʼminlaydi. O‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun «eMaktab» tun-u kun davomida baholar va uy vazifalariga kirish, samarali muloqot qilish uchun xavfsiz tarmoq va qo‘shimcha ta’lim resurslaridan foydalanishni taklif etadi.
eMaktab xizmatlari o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari uchun mobil ilova shaklida ham mavjud.
Telegram kanal, Instagram, Facebook, kompaniyaning “YouTube”dagi video-blogida hamda Yandex.Dzen blogida o‘qituvchilar, ma’murlar va ota-onalar uchun dolzarb yangiliklar, video yo‘riqnomalar taqdim etilgan.