O'zb
eMaktab O‘zbekiston mezonli maktablari uchun “Novator ustoz 2025” tanlovini e’lon qiladi
23 aprel 2025

eMaktab raqamli ta’lim platformasi mamlakatimiz pedagoglari o‘rtasida zamonaviy ta’lim texnologiyalarini targ‘ib qilish va raqamli madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashabbus – “Novator ustoz 2025” respublika tanlovi boshlanganini e’lon qiladi.

Bugungi kunda raqamli transformatsiya – shunchaki trend emas, muhim zarurat. Va aynan ustozlar maktab ta’lim tizimini yaxshi tomonga o‘zgartiruvchi qahramonlarga aylanadi. “Novator ustoz 2025” tanlovi bugungi kunda raqamli kelajak sari qadam tashlayotgan o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va ilhomlantirish uchun tashkil etilgan.

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab 1500 ta mezonli maktab o‘qituvchilari ishtirok etadi. Ushbu maktablar allaqachon mezonli baholash tizimini joriy etib, birinchilar qatorida murakkab raqamli qayta qurish yo‘lini bosib o‘tmoqda. Tanlov ularga nafaqat o‘zini ko‘rsatish, balki mamlakatdagi barcha maktablarga ornak bo‘lish imkonini beradi.

Tanlovning asosiy elementi eMaktab.Smart platformasida onlayn BSB (bo‘lim uchun summativ baholash) va CHSB (chorak uchun summativ baholash) yaratish va o‘tkazish bo‘ladi.

Tanlov shartlari: O‘zbekistondagi mezonli maktabi o‘qituvchilari o‘z sinflari uchun  onlayn-BSB yaratishlari va chiqarishlari lozim. Onlayn-BSB yakunlari bo‘yicha baholar elektron jurnalga qo‘yilishi kerak. Natijalar 2024-2025-o‘quv yilining 4-choragi so‘ngida o‘zlashtirish monitoringi ko‘rsatkichlarining tahliliga ko‘ra umumlashtiriladi. Aynan mana shu xolis ma’lumotlar g‘oliblarni aniqlash uchun asos bo‘ladi.

Finalda O‘zbekistonning har bir viloyatidagi eng sara 14 ta maktab tanlab olinadi. Har bir viloyat bo‘yicha tanlov g‘olibi o‘z sinfi uchun eng ko‘p onlayn BSB va CHSB o‘tkazgan hamda BSB va CHSB uchun baholarni o‘z vaqtida elektron jurnalga qo‘ygan maktab o‘qituvchisi bo‘ladi.

Bir xil natijaga ega maktablar uchun qo‘shimcha baholash mezoni — onlayn-trenajorlardan o‘tish foizi qo‘llaniladi. Qaysi maktabdaush bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lsa, o‘sha maktab g‘olib bo‘ladi. Ushbu maktabdagi barcha o‘quvchilar orasida trenajorlardan o‘tish foizi hamda bajarilgan BSB va CHSB foizi eng yuqori bo‘lgan o‘qituvchi g‘olib deb topiladi.

“Bugungi novatorlar – bo‘lajak ta’lim tizimining yetakchilari. Biz har bir faol o‘qituvchi o‘z hissasi muhim, mehnati sezilarli va o‘zgarishlar real ekanligini his qilishini istaymiz”, – deydi eMaktab raqamli ta’lim manbalari bo‘limi rahbari Sabina Yunusova.

Quyidagi havola orqali BSB va CHSB yaratish va taqdim etish mumkin: https://emaktab.uz/works

G‘oliblar 2024-2025 o‘quv yilining 4-choragi yakunida e’lon qilinadi.