O'zb
O‘zbekistonda Kundalik ta’lim platformasiga Zoom integratsiyasi amalga oshirildi
17 dekabr 2021

Zoom video konferensiyalari Kundalik bilan integratsiyalashdi. Bu o‘qituvchilarga maktab o‘quvchilari uchun tez, oson va bepul onlayn video darsliklarni o‘tish imkonini beradi.


Ta’lim faoliyatini rejalashtirishda o‘qituvchilar video bilan onlayn dars o‘tishni rejalashtirishlari mumkin. Buning uchun o‘qituvchi kalendar rejalashtirish bo‘limida “Onlayn video darsni rejalashtirish” tugmasini bosishi kerak, video konferensiya xizmatlari bilan oynada “Zoom”ni tanlashi lozim. Kundalik “Zoom”da o‘tadigan konferensiyaga havola yaratadi hamda uni dars sahifasi va kalendar rejalashtirishda saqlab qo‘yadi. O‘qituvchi va o‘quvchining dars jadvalida mazkur dars “Zoom”dan foydalangan holda masofaviy formatda o‘tkazilishini bildiruvchi kamera belgisi paydo bo‘ladi.
Integratsiya uchun Kundalik kompaniyasi Zoom “Marketpleys”da axborot va funksional xavfsizlikni tekshirish jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi.


O‘qituvchi video konferensiya davomida “Ekran bilan bo‘lishish” tugmasini bosish va o‘quv materialini vizual tarzda ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan virtual doskani tanlash imkoniyatiga ega.
Zoom video konferensiya platformasi funksionalligidan foydalanib, o‘qituvchilar umumiy karantin davrida ham an’anaviy darslarni onlayn o‘qitishga almashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu maktablarda o‘quv jarayonini to‘xtatmaslik, maktab o‘quvchilarining bilim sifatini oshirishga xizmat qildi.
Kundalik ta’lim platformasidagi Zoom imkoniyatlari videodarslarni yaratish va rejalashtirish jarayonini soddalashtiradi hamda o‘qituvchilarga hatto masofaviy o‘qitish davrida ham zamonaviy EdTech-texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradi.


Ushbu funksiya mavjud bo‘lgan maktablar ro‘yxati asta-sekin kengayadi. 2021-yil dekabr oyi oxirigacha barcha maktab o‘qituvchilari yangi imkoniyatdan foydalanishlari rejalashtirilgan. Kalendar rejalashtirishda tegishli interfeys elementlari paydo bo‘ladi.
“Funksiyadan foydalanish uchun o‘qituvchi va o‘quvchi ishlaydigan qurilmada Zoom o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Agar foydalanuvchining pullik akkaunti bo'lmasa u holda bepul video konferensiya 40 daqiqa davom etadi. Kundalikdagi Zoom orqali video darslar yaratish uchun oʻqituvchi oʻz login maʼlumotlarini bir marta kiritishi kerak, tizim uni eslab qoladi va kelasi safar darsni rejalashtirish boʻyicha onlayn darslarni bir marta bosish orqali yaratish mumkin”, - deb qayd etdi “Kundalik”ning texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati rahbari Hilola Izzatova.