O'zb
2022-2023 o‘quv yili “Kundalik” bilan birgalikda yakunlandi!
9 iyun 2023

O‘tgan o‘quv yilida O‘zbekiston maktablarida mavzu yoki uy vazifasi bilan 244 millionta dars o‘tkazildi, 2 milliarddan ortiq baholar qo‘yildi. 

Foydalanuvchilarga ko‘plab foydali yangilanishlar va imkoniyatlar taqdim etildi. Masalan, “Humans” ilovasi orqali “Kundalik” veb-talqinini rasmiylashtirganlik uchun sarflangan mablag‘ 100% keshbek ko‘rinishida qaytarib olish mumkin. “Uzum Market” bilan aksiya doirasida esa “Kundalik” uchun yillik PRO-obunani bepul olishingiz mumkin. Shuningdek, “Upay” terminallari orqali obunani naqd pulda to‘lash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Pedagoglar uchun “Jurnallar” bo‘limi yangilandi. Endilikda darsbay rejalashtirish “Predmet bo‘yicha jurnal” bilan bir sahifaga chiqarildi. Avvallari o‘qituvchi ko‘proq ishlarni bajarishi lozim edi: jurnalga o‘tardi va alohida sahifada darsbay rejalashtirishni ochardi. Bugungi kunda o‘qituvchi bitta sahifaning o‘zida uy vazifasini berishi, baho qo‘yishi, mavzuni ko‘rishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, jurnalni Kundalik veb-talqinida, mobil brauzerda, shuningdek “Kundalik.Teacher” ilovasida to‘ldirish mumkin.

Dasr qoldiradiganlar bilan batafsil ishlash uchun zarur bo‘lgan “Kundalik.Family” ilovasiga davomat baholari qo‘shildi, MMTV huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi uchun hisobotlar yaratildi.

Bu yil “Kundalik.Smart” platformasida ilk bor 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Fanlararo” ta’lim tanlovi tashkil etildi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, barcha g‘oliblar va maktab vakillari “Kundalik” ofisiga taqdirlash marosimiga taklif qilindi, tadbir qanday o‘tganini bu yerda  ko‘rish mumkin.

Texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimlariga 20 mingta qo‘ng‘iroq kelib tushgan, 38 mingta xat va 27 mingta xabarlarga javoblar tayyorlagan. Shuningdek, foydalanuvchilarning izohlariga 20 mingdan ortiq javoblar tayyorlandi.

Joriy o‘quv yilida “Kundalik” metodistlari O‘zbekiston bo‘ylab 109 000 nafar o‘qituvchilar uchun yuzma-yuz va onlayn-seminarlar, savol-javoblar o‘tkazdilar. 800 dan ortiq ota-onalar uchun taqdimot va treninglar o‘tkazildi. Eng yaxshi maktab rahbarlariga esa tashakkurnomalar topshirildi.

Fevral oyida “Kundalik” jamoasi 8-Xalqaro ixtisoslashtirilgan “KinderExpo Uzbekistan’2023” onalik va bolalik ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Bu juda qiziqarli tajriba bo‘ldi! Bu yerda siz ko‘rgazma muhitini o‘zingizda his etishingiz mumkin.

Yangi o‘quv yilida yangilangan “Kundalik” platformasida ko‘rishguncha. Sizga ta’tilni maroqli o‘tkazishingizni tilaymiz!

2022-2023 o'quv yili yakunlari bo'yicha videosi.