O'zb
“eMaktab”ga kirishni endi SMS orqali tiklash mumkin
8 sentabr 2023

Agar login va kalit so‘z yo‘qotib qo‘yilsa, “eMaktab” foydalanuvchilari elektron pochtadan foydalanmasdan, SMS-xabar yordamida kirishni tiklashlari mumkin.

Yangi foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng darhol telefon raqamini o‘z profiliga bog‘lashlari mumkin bo‘ladi, qolganlarga tizim  saytga birinchi marta kirganda kontaktni tasdiqlashni taklif qiladi. Telefon raqami bilan kontaktni tasdiqlagan foydalanuvchilar SMS orqali o‘z akkauntlariga kirishni tiklashlari mumkin bo‘ladi. Agar foydalanuvchi login yoki kalit so‘zni unutgan bo‘lsa va o‘z profilida mobil telefonini ilgari tasdiqlamagan bo‘lsa, u login yoki parolini tiklash uchun maktab ma’muriyati yoki sinf rahbariga murojaat qilishi kerak, so‘ngra tizimga kirishda telefon raqamini so‘rov oynasidagi profilga yoki “Xavfsizlik” yorlig‘idagi profil sozlamalariga bog‘lash lozim bo‘ladi.

Agar foydalanuvchining telefoniga SMS kelmasa, tasdiqlash kodi bilan xabar yuborilgan raqam va foydalanuvchiga tegishli raqam mos kelishiga ishonch hosil qilish kerak. Shuningdek, raqam bloklanmaganligiga hamda mavjudligiga ishonch hosil qilish kerak.

Foydalanuvchi profillari bir xil telefon raqamlaridan qayta-qayta foydalana olmaydi, bu esa shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligini qo‘shimcha tarzda taʼminlaydi. Ota-onalar o‘z raqamlariga farzandlarini “bog‘lashlari” mumkin. Kirishni tiklash uchun “Telefon orqali kalit so‘zni tiklash” opsiyasini tanlash kerak. So‘ngra telefon raqamini ko‘rsatish, tasdiqlash kodi bilan SMS-xabarni olish, uni tegishli oynaga kiritish hamda yangi kalit so‘zni ikki marta kiritish lozim. Agar kirishni tiklashda qiyinchiliklar yuzaga kelsa, uyali aloqa operatorining “call-markaz”iga yoki “eMaktab”ning texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilish kerak: +998 (78) 888-82-82”, - deydi Hilola Izzatova, “eMaktab”ning texnik qoʻllab-quvvatlash xizmati boshligʻi.

SMS yordamida kirishni tiklash bo‘yicha video yo‘riqnoma