O'zb
Bitiruvchilar orasida “Xayr Maktabim” tanlovini e’lon qilamiz!
6 may 2024

Do'stlar va maktab bilan xayrlashuv - bu yurak hissiyotlarga to'lgan payt. Biz bu daqiqalarni abadiy saqlash qanchalik muhimligini bilamiz.
Shuning uchun eMaktab sizga bu lahzalarni sinfdoshlaringiz bilan birga o'tkazish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi!

“Xayr maktabim” tanlovida ishtirok eting.

Tanlov shartlari:

1⃣Maktabda sinfingiz bilan ijodiy video tayyorlang.

2⃣Instagram va Telegram’da eMaktab’ga obuna bo‘ling.

3⃣Videongizda @eMaktab ni belgilang. Tavsifda #eMaktab2024 xeshtegidan foydalaning.

Eng koʻp koʻrilgan va “layk” toʻplagan video butun sinf uchun sovrin yutib oladi. Yaʼni:

- SkyParkga to'liq kunlik chiptalar
- Capito kafesida tushlik
- eMaktab logotipi tushirilgan futbolkalar

Ishtirok eting va bu unutilmas onlarni birgalikda muhrlang.

P.S. Tanlov 1-maydan 25-maygacha boʻlib oʻtadi.
9-11 sinflar qatnashishi mumkin.

G‘oliblarni aniqlash ikki bosqichda o‘tkaziladi:

1. eMaktab hakamlar hay'ati Instagramda eng ko'p layk to’plagan va ko'rilgan 10 ta videoni tanlab oladilar.
2. 10 ta videodan eMaktab Telegram kanali obunachilari ovoz berish orqali tanlov g‘olibini aniqlaydilar.