O'zb
Maktab o‘quvchilari va ota-onalar uchun ilova yangilandi va yuklab olinishga tayyor
16 sentabr 2024

Zamonaviy maktab ta’limi nafaqat o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga, balki bolalarning ta’lim olishiga va yangi bilimlarga qiziqishlarini shakllantirishga qaratilgan. Yaqin vaqtgacha maktab o‘quvchilarining shaxsiy muvaffaqiyatlarini, shaxsiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va motivatsiya darajasini qanday kuzatish mumkinligi masalasi juda dolzarb edi. Chunki, kundalikdan tashqari, maktab hayotini har tomonlama nazorat qilish uchun boshqa tizimlar mavjud emas edi.

O‘quvchilar va ota-onalar uchun mo‘ljallangan eMaktab.Oila mobil ilovasi maktab hayotining barcha jabhalarini qanday kuzatib borish va bolalarni yanada samarali o‘qishga undash muammosini hal qildi. Sinflar va fanlar bo‘yicha tuziladigan reytinglar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarning butun tasvirini kengroq ko‘lamda va o‘yin formatida ko‘rish imkonini beradi. Umuman olganda, ilova foydalanuvchilarga muhim va zarur funksiyalar to‘plamini taklif qiladi: bolalarning geolokatsiyalarini kuzatish, real vaqt rejimida bolalarning harakatlanishi va yangi baholar haqida bildirishnomalarni olish imkoni mavjud. O‘qituvchilarning fikrlariga ko‘ra, o‘quvchilar o‘z reytinglarini oshirishga intilib, darslarda yanada faolroq ishtirok etishadi, qo‘shimcha o‘quv materiallarini o‘rganadilar, bu esa, umuman olganda, ularning dunyoqarashlarini kengaytirish va puxtaroq bilim olishlariga ijobiy ta’sir qiladi. Baholar dinamikasini va reyting ko‘rsatkichlarini ko‘rgan ota-onalar qaysi fandan bolaning bilimidagi “bo‘shliqlarni to‘ldirishlari” kerakligini yaxshiroq tushunishadi va farzandlariga qiyin mavzularni o‘zlashtirishga yordam berishadi.

Yangi o‘quv yili boshlanishiga eMaktab kompaniyasi bolalarning bilim va ziyraklik darajalarini oshirish maqsadida qo‘shimcha motivatsiyaga ko‘proq qaratilgan funksiyalar yangilanishini e‘lon qilgan edi. 

Yangilangan ilovadagi “Reyting” bo‘limi endi chinakam motivatordir, chunki har bir parallelda sinflar o‘rtasida raqobatchilik muhiti paydo bo‘ldi. Sinflar uchun raqobatchilik muhiti har bir o‘quvchiga har bir alohida fan bo‘yicha o‘z sinfining reytingdagi o‘rniga bevosita ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. O‘quvchilar yakdil bo‘lib, bilim olish orqali o‘z sinflarini yetakchi o‘rinlarga ko‘tarishlari mumkin. Deylik, o‘qituvchi, masalan, raqamli uy vazifasini topshirgan bo‘lsa, u holda havolani bosish orqali uy vazifasini to‘liq elektron formatda, qisqa vaqtda va samarali tarzda bajarishi mumkin. Bundan tashqari, zamonaviy raqamli vositalar bilan ishlash kelajakda boshqa raqamli mahsulotlar, platformalar va saytlarni tezda o‘zlashtirishga yordam beradi.

 

Ilovaga yangi funksiya qo‘shildi, bu – sizga maktabga oid butun muhokama-muloqotlarni bitta ta’lim platformasida jamlash imkonini beradigan chatlar. Ota-onalar va o‘qituvchilar shaxsiy xabar yozishlari uchun telefon raqamlari yoki boshqa ma’lumotlarni qidirishlari shart emas: chatdagi bolaning profili ustiga bosish va bolaning vakillaridan qaysi biri bilan bog‘lanishni tanlash kifoya. Sinf rahbarlari uchun sinfdagi barcha o‘quvchilar qo‘shilgan chat allaqachon yaratilgan, fan o‘qituvchilari esa o‘z fanlari bo‘yicha guruh muhokamalarini yaratishlari mumkin. Bundan tashqari, o‘qituvchilar ham shaxsiy xabarlar ko‘rinishida, ham umumiy yozishmalar orqali o‘zaro muloqot qilishlari mumkin. Chatlar yordamida fayllar almashish mumkin, yangi xabar ko‘rsatkichi esa muhim ma’lumotlarni o‘tkazib yuborishingizga yo‘l qo‘ymaydi. Foydalanuvchilar chatlarda bo‘lishadigan butun kontent ishonchli tarzda himoyalangan, chunki u yopiq ta’lim tizimining ichida joylashgan.

 “Bu O‘zbekiston ta’lim sohasidagi ota-onalarga farzandlarining maktab hayotini ish yoki muhim masalalardan uzilmagan holda kuzatishning qulay usulini taqdim eta oladigan yagona ilova sanaladi. Ilova nafaqat o‘quvchining o‘zlashtirishi va davomati haqida batafsil ma’lumot taqdim etadi, balki bolaning geolokatsiyasini va uning maktabdan tashqaridagi harakatlarini kuzatish funksiyasidan foydalangan holda, bolalar xavfsizligi darajasini oshiradi. Ilovada allaqachon taqdim etilgan yangilanishlar o‘quv jarayonini maroqli motivatsion o‘yinga aylantiradi, bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchilar bilimi sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, – deydi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish boshqarmasining yetakchi mutaxassisi Arslonbek Rahmonqulov.

Bugungi kunda eMaktab.Oila mobil ilovasi Play Market va App Store manbalaridan 1 milliondan ortiq marotaba yuklab olingan.Dastur imkoniyatlari yangilangani sababli bu yilgi obuna narxi koʻtariladi.

Yuklab oling Play Market
Yuklab oling App Store