O'zb
eMaktab va MMTV maktab o‘quvchilari uchun birinchi keng ko‘lamli raqamli tanlovni o‘tkazdi: butun mamlakat bo‘ylab 20 000 dan ortiq ishtirokchi
Kecha

Mart va aprel oylarida eMaktab platformasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (MMTV) bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bilimdon o‘quvchilar” onlayn tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov mamlakatning barcha hududlaridan 2009-yilda tug‘ilgan 20 000 dan ortiq o‘quvchini qamrab olgan birinchi keng ko‘lamli raqamli loyiha bo‘ldi.

Tanlovda maktab o‘quvchilari uchta fan: matematika, o‘qish va tabiatshunoslik bo‘yicha bellashdilar. Tanlovning asosiy maqsadi o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini tezkor qaror qabul qilish va ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyatlarini sinab ko‘rishdan iborat bo‘ldi.

Maksimal natija 96 ballni tashkil etdi va har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi uchta ishtirokchi g‘olib deb topilib, yangi avlod bilimlarining ramziga aylandi.

“Bugungi kunda eMaktab raqamli platformasi shunchaki o‘qitish vositasi emas. Bu maktab o‘quvchilarini tayyorlashga bo‘lgan yondashuvni o‘zgartiradigan to‘liq ekotizimdir. Biz o‘quvchilarga nafaqat bilim beramiz, balki ularga o‘ziga ishonch, ma’lumotlar bilan ishlash va qisqa vaqt ichida qaror qabul qilishni o‘rgatamiz. Platforma bolalarga raqamli ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga yordam beradi va ularni ta’lim hamma uchun qulay va samarali bo‘ladigan kelajakka tayyorlaydi,” – deb ta’kidladi eMaktab raqamli ta’lim resurslari bo‘limi rahbari Sabina Yunusova.

Agar siz bunday onlayn tanlovlar va olimpiadalarni o‘tkazishga qiziqish bildirgan bo‘lsangiz, eMaktab call-markaziga quyidagi telefon raqam: +998 (78) 888-82-82 yoki pochta manzili: team@emaktab.uz orqali murojaat qiling.