O'zb

Karantin davrida fayllarni Kundalik tizimiga yuklash haqida

  • 21 aprel 2020 da 05:00, Малика Реймбаева

Hurmatli o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar!

Karantin natijasida O‘zbekiston internet-resurslariga tushayotgan yuklamaning kuchayishi bizning tizimga ham ta'sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli foydalanuvchilar uy vazifalari va o‘quv materiallarini yuklashda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Ayni paytda vaziyat barqarorlashgan, muhandislarimiz esa “O‘zbektelekom” AK milliy operatori bilan birgalikda natijani mustahkamlash ustida ishlamoqda. Ushbu davr ichida fayllarni yuklash borasida qisqa muddatli qiyinchiliklar kuzatilishi mumkin.

Uy vazifalarini tezroq yuborish uchun tizimga yuklanadigan fayllar hajmi 10 Mb gacha cheklandi, chunki foydalanuvchilar tez-tez juda katta hajmli hujjatlarni yuklamoqda, bu esa ma'lumotlarni uzatish tarmog‘iga qo‘shimcha yuklama tushishiga olib kelishi mumkin. Fayllarni joylashtirish uchun muqobil yechim sifatida bulutli “ombor”lardan foydalanishni, Kundalik tizimiga esa ushbu saqlangan hujjatlarga havolalarni joylashtirishni tavsiya etamiz. Shuningdek tizimga rus va o‘zbek tillarida tushuntiruvchi maqolalarga havolalar qo‘shilgan bo‘lib, ularni materiallarni yuklayotgan paytda ko‘rishingiz mumkin.

Biz foydalanuvchilarning savollarini diqqat bilan o‘rgangan holda, muntazam ravishda loyihaning texnik qismi ustida ishlayapmiz. Xususan, bizga o‘qituvchilar yaratadigan barcha yangi uy vazifalari uchun “skrepka” belgisi yo‘qligi haqida murojaatlar kelib tushgandi. Hozir bu masala hal qilindi, endi “UV talab qilinadi” funksiyasi avtomat tarzda yoqilgan. Bundan tashqari, tizimga foydalanuvchi tomonidan bo‘sh fayl yuklanganini aniqlaydigan qo‘shimcha tekshirish funksiyasi ham qo‘shildi.

Shuningdek videodarsni ko‘rishni uchun yangi foydali funksiya paydo bo‘ldi. Endi o‘qituvchi uy vazifasiga videodars havolasini ilova qilganida yoki mustaqil o‘rganish uchun materialga havola joylashtirganida, pleerli oyna paydo bo‘ladi, bunda o‘quvchi rolikni bevosita tizimning o‘zida ko‘rishi mumkin. Buning uchun endi videodarslar joylashtirilgan saytlarni boshqa sahifalarda ochishga hojat yo‘q. Ushbu funksiya vaqtni va internet-trafikni tejaydi. Videodarslarga havolalarni Tas-IX zonasidagi videoxostinglardan (Utube.uz, Mytube.uz) hamda YouTube.com saytidan olish mumkin. Bundan tashqari, karantin davrida O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan hujjatlar bilan tanishish uchun «Masofaviy ta'lim» tarmog‘i yaratildi.

Biz hammangiz uchun noodatiy rejimda ishlash va o‘qish oson emasligini tushunamiz. Barcha ta'lim jarayoni ishtirokchilarining uzluksiz va qulay tahsil olishini ta'minlash kompaniyamiz uchun oldingiday muhim va ustuvor vazifa hisoblanadi.

Biz sizni keyingi faoliyatimiz haqida xabardor qilib boramiz. Bizni tushunganingiz va sabr-toqatli bo‘lganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

 

<>Aprel 2020
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
30 31 01 02 03 04 05
06 07 08 09 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 01 02 03
04 05 06 07 08 09 10