O'zb

Kundalik: maktablarni tizimga ulash davom etyapti

  • 29 aprel 2020 da 09:49, Малика Реймбаева

Har kuni Kundalik tizimiga davlat va xususiy maktablardan ulanishga arizalar kelib tushmoqda. Aprel' oyida tizimga Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlaridagi maktablar ulandi. Yaqindan boshlab esa ta'lim platformasi bilan Nukus shahridagi prezident maktabi va Toshkentdagi Evrika xususiy maktabi ishlay boshladi.

Kompaniya metodistlari maktab o‘qituvchilari va ma'murlari uchun Zoom onlayn-konferensiyalarni tashkil qilish uchun mo‘ljallangan dastur yordamida masofadan turib o‘rgatuvchi seminarlarni o‘tkazmoqda.

«Pedagoglarni masofadan turib o‘qitishning ijobiy tomonlari ko‘p, birinchi navbatda, bunday format birdaniga ko‘p sonli odamni qamrab olish imkonini beradi. Ekranni namoyish etish funksiyasi tizimning ishlash prinsipini mufassal ko‘rsatish va tushuntirishga ko‘maklashadi. Vebinar ishtirokchilari nazariy qismdan keyin xatolarni darhol tushunib bartaraf etish uchun mening nazoratim ostida tizimni to‘ldiradi. Oflayn-seminarlarda auditoriya o‘qishga masofaviy ta'limdagi kabi e'tibor qaratmaydi, o‘qituvchilar savol berishga iymanmaydi», - deydi Kundalik metodisti Gulnora Ismoilova.

Kundalik tizimiga ulanishga ariza qoldirish uchun ta'lim tashkilotining rahbariyati saytdagi anketani to‘ldirishi va uni o‘z viloyatidagi ta'lim boshqarmasiga yuborishi lozim. Boshqarma tizimga ulanish uchun maktablar ro‘yxatini shakllantiradi va uni Xalq ta'limi vazirligiga yuboradi. Tizimdan foydalanish uchun ma'lumotlar esa anketada ko‘rsatilgan manzilga yuboriladi.

<>Aprel 2020
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
30 31 01 02 03 04 05
06 07 08 09 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 01 02 03
04 05 06 07 08 09 10