O'zb

O‘zbekiston maktablarida Kundalik tizimi joriy etilmoqda

  • 19 may 2020 da 07:34, Малика Реймбаева

Aprel oyida Kundalik kompaniyasining metodistlari masofaviy ko'rinishda Andijon, Buxoro va Xorazm viloyatlari, hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining 45 ta maktabida faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar uchun o‘rgatuvchi masofaviy seminar-mashg'ulotlar o‘tkazdi. Ayni damda Samarqand va Qashqadaryodagi 15 ta maktab pedagoglari uchun masofaviy o‘qitish ishlari o‘tkazilmoqda.

Administratorlar hisobot davrlari, qo‘ng‘iroqlar va darslar jadvali, sinflar va fanlarni yaratishni o‘rgandi, pedagoglar esa elektron jurnalni to‘ldirish, baxo qo‘yish, darslar davomatini qayd etib borish, o‘quvchilarga uy vazifalarini jo‘natish va guruhlar yaratish ko‘nikmalariga ega bo‘lishdi. Masofaviy  darslar doirasida o‘qituvchilar uchun tizimda telefon orqali ham ishlash imkonini beradigan mobil ilova taqdim etildi.

Seminarlar yakunlari bo‘yicha pedagoglar elektron jurnalni kerakli ma'lumotlarini kiritib bo'lishi bilan platforma foydalanish uchun tayyor holatga keladi.. O'qituvchi, o‘quvchi va ota onalarning fikriga ko‘ra, Kundalik tizimi karantin davrida ishlash va bilimlarni baholash jarayonini ancha  osonlashtirmoqda.

Ushbu ta'lim platformasi tufayli viloyatlar maktablarining o‘quvchilari o‘quv jarayonidan uzilib qolmaslik, baholar va uy vazifalarini olish, yangi materiallarni o‘rganish imkoniga ega bo‘lishyapti. Ota-onalar esa o‘z farzandlarining maktabdagi muvaffaqiyatlarini endi onlayn-rejimda nazorat qilishlari mumkin.

<>May 2020
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
27 28 29 30 01 02 03
04 05 06 07 08 09 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
01 02 03 04 05 06 07