O'zb

O‘zbekiston IIV litseylari Kundalik tizimi bilan ishlay boshladi

  • 4 iyun 2020 da 07:39, Малика Реймбаева

Hozir nafaqat maktablar, balki o‘rta maxsus ta’lim muassasalari ham o‘quv jarayonini nazorat qilish va takomillashtirish imkonini beradigan platformaga ehtiyoj sezmoqda. Xususan, IIVning butun O‘zbekiston bo‘ylab joylashgan 14 ta litseyi Kundalik tizimi bilan ishlashni boshladi.

Litseylarning administratorlari onlayn o‘qishni o‘tadi, pedagoglarga esa batafsil videoyo‘riqnomalar taqdim etildi.

Nilufar Niyatova, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2-Toshkent akademik litseyi direktori o‘rinbosari:

«Dastavval Kundalik tizimida ishlash qiyinday bo‘lib ko‘ringandi, ammo onlayn-o‘qishdan keyin bu juda oddiy va qulay ekanini bildik. Albatta, hammasini birdaniga uddalaganimiz yo‘q, tizimni to‘ldirishda ayrim qiyinchiliklar ham bo‘ldi, ammo kompaniya metodistlari doim yordam berib turdi va savollarimizga tezkor javob berdi. Oquv muassasamizda ushbu ta’lim platformasi joriy etilganidan juda xursandman, chunki unda ishlash borasida ko‘plab afzalliklarni ko‘ryapman. Qisqa vaqt ichida axborot to‘liq uzatiladi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan muloqot qilish funktsiyasi mavjud».

Sherzod Boltayev, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Buxoro akademik litseyida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari:

«Pedagoglarning asosiy muammolaridan biri — bu ko‘p miqdorda hujjatlar va hisobotlarni to‘ldirishdir. Kundalik platformasining joriy etilishi bu masalani hal etadi, chunki semestr yoki o‘quv yili yakunida zarur hisobotlar bajarilgan ishlar asosida avtomat tarzda shakllantiriladi. Litseyimiz o‘quvchilari va ularning ota-onalari Kundalik tizimining joriy etilishi haqidagi yangilikni ijobiy qabul qilishdi, chunki shu paytga qadar biz turli messenjerlardan foydalanardik. Ammo bu hamma uchun ham qulay emasdi, topshiriqlarni va bajarilgan uy ishlarini jo‘natishda chalkashliklar yuzaga kelardi. Endi ota-onalar o‘z farzandlarining muvaffaqiyatlarini mustaqil ravishda kuzatib borishlari, o‘zlashtirishni nazorat qilishlari, o‘qituvchilardan bola qiynalayotgan fanlar bo‘yicha konsultatsiyalar olishlari mumkin».

<>Iyun 2020
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
25 26 27 28 29 30 31
01 02 03 04 05 06 07
08 09 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 01 02 03 04 05