O'zb

Toshkentlik 10-sinf o‘quvchisining onasi: Kundalik farzandimga fanlar bo‘yicha bilimlarini yaxshilashiga yordam berdi

  • 9 sentabr 2020 da 06:21, Малика Реймбаева

Toshkentdagi 208-sonli maktab o‘quvchining onasi Zarema Raskulova masofaviy ta'lim boshlanganidan buyon qizining maktab hayoti qanday o‘zgargani haqida gapirib berdi.

— Karantin davrida bolalar va ota-onalar noodatiy vaziyatga tushib qoldi. Endi o‘qish masofadan olib borilishini bilganingizda bunga qanday munosabatda bo‘ldingiz?

— Biz bezovtalikni his qildik. Ayniqsa, qizim o‘qituvchilar va sinfdoshlari bilan muloqot qila olmasligidan bezovta bo‘layotgandi. Dastlabki paytlarda o‘qituvchilarning nazoratisiz o‘qish qiyin bo‘ldi. Ammo, oxir-oqibatda buni juda yaxshi uddaladik. Ramziya o‘zida anchagina qobiliyatlarni kashf qildi, fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishi yaxshilandi. Dars materialini o‘rganishga, kitoblar o‘qishga vaqti ko‘proq qoladigan bo‘ldi.

Bugun men masofaviy ta'limga qarshi bo‘lgan va bunday usulning samarasi past ekanini aytayotgan ota-onalarning fikrini tez-tez eshityapman. Ammo ularning fikriga qo‘shilmayman, chunki bolalarning xavfsizligi birinchi o‘rinda, deb hisoblayman. Mamlakatda  kasallikka chalinish xavfi yuqori ekan, masofaviy ta'lim – vaziyatdan chiqishning yaxshi yo‘lidir. Hammasi bizning yangi narsalarga bo‘lgan munsoabatimizga bog‘liq. Ha, avvaliga ko‘p narsa tushunarsiz edi, lekin agar biroz harakat qilib, vazifalar bajarilsa, hammasini uddalash mumkin. Agar shikoyat qilaversangiz, albatta, hech qanday natija ham bo‘lmaydi. 

O‘qishdan bo‘sh vaqt-chi, u ko‘paydimi?

— Ha, barcha fanlardan uy vazifalari soni ancha ko‘payganiga qaramasdan, kitob o‘qishga, ingliz tili bilan mustaqil shug‘ullanishga ko‘proq vaqt qoladigan bo‘ldi. Bu yerda bolalarning uy vazifasini shunchaki, “balki xatoni hech kim ko‘rmay qolar” degan xayol bilan bajarishi va baho olishi emas, balki ko‘p narsa ularning diqqat-e'tiborini jamlashiga, bilim olish zarurligini tushunishiga bog‘liq, deb o‘ylayman. Hozirgi hamma uchun murakkab davrda ota-onalarning o‘zi qisman o‘qituvchiga aylanishiga majbur bo‘ldi, ayni damda ko‘p narsa bizning farzandlarimizga qanday yordam berishimiz va ularni qay tarzda qo‘llab-quvvatlashimizga bog‘liq. Hammamiz uchun bu yangi format va kuchli hayajon. Dastlabki paytlarda o‘zim ham qizim bilan birga o‘tirib, fanlarni tushunishga, qanday ishlash kerakligini ko‘rsatishga yordam berdim, ayrim joylarda qizimning o‘zi mening noto‘g‘ri mulohazalarimni to‘g‘irlab qo‘yardi, chunki bolalar uchun texnologiyalar bilan ishlash osonroq. Shu tariqa birgalikda hammasini uddaladik.

Qiyinchiliklarsiz bo‘lmagan bo‘lsa kerak?

— Albatta! Hammasidan ham teledarslar materialini tushunish va o‘zlashtirish qiyin bo‘ldi. Axir bolalar tushunmaganlarini qo‘l ko‘tarib so‘rashga o‘rgangan. Noodatiy videoformat esa ko‘pchilikda savollar tug‘dirdi. Biroq Kundalik tizimining yordami bilan hamma darslarni takror ko‘rishga, keyin shoshmasdan tushunmagan joylarni tahlil qilishga, o‘qituvchiga savollar jo‘natib, javoblarni olishga, uy vazifasini muvaffaqiyatli bajarishga va materialni o‘zlashtirishga erishdik. Qizim maktabga qatnab o‘qigan paytlarida darslarda faollik ko‘rsatishga iymanardi, masofaviy ta'lim boshlanganidan keyin esa bu muammo yo‘qoldi, adabiyot, rus tili, algebra, geometriya va tarix kabi fanlar bo‘yicha baholari ko‘tarildi.

Sizningcha Kundalik tizimining ota-onalar uchun foydasi nimada?

— Bu juda shaxsiy savol, ko‘p narsa ota-onaga, ularning o‘z farzandlarining o‘qishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Kim uchundir, o‘quvchilarni umuman nazorat qilmaslik, ularning baholarini va davomatini tekshirmaslik normal holat. Kimdir esa, aksincha, farzandining maktab hayotini ochiq ko‘rsatib beradigan vositani qadrlaydi. Bolalar qo‘rquv sababli o‘z muammolarini va muvaffaqiyatsizlik-larini yashirishga moyil bo‘ladi. Menga elektron kundalik maktabda sodir bo‘layotgan voqealarning hammasini ko‘rib turish imkonini beradi, shu bois bu ma'lumotlarning hammasi bitta dasturda bo‘lishi juda muhim. Menga telefonda ota-onalarning chinglab chatlari kerak emas, ular bilan yozishish ko‘p vaqtni oladi va ba'zida asabni charchatadi. Men o‘zimga qulay bo‘lgan istalgan vaqtda farzandlarimning o‘qishini va o‘zlashtirishini nazorat qilishim, o‘qituvchiga savol bilan murojaat qilib, javob olishim mumkin. Bolalarga ham tizimda ishlash, o‘qituvchilarning sharhlarini va maslahatlarini kuzatib borish juda qulay, bu ularni yanada faolroq bo‘lishga undaydi.

Agar masofaviy ta'lim davri haqida gapiradik bo‘lsak, men uchun eng asosiysi qizimning baholaridagi ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi

Maktablarda qatnab o‘qish tiklanganidan keyin ham raqamli ta'lim platformalari va servislaridan foydalanishni davom ettirasizmi?

— Men, farzandlarimizga ayniqsa ta'lim sohasida axborot texnologiyalari kerak ekanini yaxshi tushunaman. Afsuski, buni hamma ham anglab yetmayapti. Aksariyat oilalarda bolalarga komp'yuterdan foydalanishga ruxsat berishmaydi. Biz, ota-onalar farzandlarimiz hayotda muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam berishimiz uchun turmushga, odatiy narsalarga bo‘lgan qarashimizni o‘zgartirishimiz lozim. Ular har doim bizdan xatti-harakatlarini, xulqini ma'qullashimizni, qo‘llab-quvvatlashimizni kutishadi. Agar bundan keyin ham ularga gadjetlardan, dunyoqarashini kengaytirish uchun internetdan foydalanishni taqiqlaydigan bo‘lsak, unda o‘qishda ham yuqori ko‘rsatkichlarni kutmagan ma'qul.

Karantin bizga ta'lim sohasidagi texnologiyalarning muhimligini ko‘rsatdi. Ko‘pchilik teledarslarga va ta'limni raqamlashtirishga shubha bilan qarayotganiga qaramasdan, farzandlarimiz o‘quv yilini tamomlashga va yangi bilimlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

<>Sentabr 2020
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
31 01 02 03 04 05 06
07 08 09 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 01 02 03 04
05 06 07 08 09 10 11