O'zb

Kundalik tizimidan 3 mln dan ortiq o‘zbekistonlik foydalanmoqda

  • 23 dekabr 2020 da 12:20, Малика Реймбаева

Raqamli ta'lim platformasi butun O‘zbekiston bo‘ylab 1585 ta maktabda joriy etildi, ulardan 1482 tasi qog‘oz kundaliklar va jurnallardan to‘liq voz kechib, elektron hujjatlar almashinuviga o‘tdi.

Ushbu yil davomida tizimda 98 mln dan ortiq baxo qo‘yildi va 11 mln dan ortiq uy vazifasi berildi. Kundalik platformasida 1,5 mln nafar o‘quvchi, 1,4 mln nafar ota-ona va 115 mingdan ortiq pedagog ro‘yxatdan o‘tgan. Sutkasiga platformaga o‘rtacha 175 ming kishi kirmoqda.

Kundalik  ko‘mak hizmatining xodimlari yil davomida tizim bilan ishlash masalalari borasida 30 mingga yaqin konsul'tatsiya o‘tkazdi. Kompaniya metodistlari 299 ta ta'lim seminari va bahs-munozaralarni tashkil qildi, ularda O‘zbekistondagi ta'lim tashkilotlari, tuman va viloyat ta'lim bo‘limlarining 9 mingta xodimi qatnashdi.

Maktablarda pedagoglarni o‘qitishdan tashqari, metodistlar hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolangan Avloniy nomidagi Malaka oshirish instituti xodimlari, Angren shahridagi Transport kasb-hunar maktabi, Turizmni rivojlantirish instituti hamda 7 ta xususiy maktabdagi hamkasblari bilan onlayn-uchrashuvlarni o‘tkazdi. Kelasi yilda mazkur yo‘nalish bo‘yicha  o‘quv uchrashuvlari  tashkillashtirish saqlab qolinadi

Kundalik kompaniyasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan kiritilgan takliflarga ko'ra, boshqa maktablarni tizimga ulash uchun ochiqdir.

Yangi taqvim yilida ota-onalar va o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan moslashtirilgan bosh sahifani testdan o‘tkazish ishlari yakunlanishi, o‘qituvchilar uchun mobil ilovani yangilash va foydalanuvchilarga elektron kundalikka obunani naqd pullar to‘lash imkoniyatini taqdim etish rejalashtirilmoqda.

<>Dekabr 2020
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
30 01 02 03 04 05 06
07 08 09 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 01 02 03
04 05 06 07 08 09 10