O'zb

Kundalik tizimida parollarni tiklash

  • 12 fevral 2021 da 11:51, Малика Реймбаева

Ko‘pincha, ota-onalar qayta-qayta urinishlariga qaramay, “parol noto‘g‘ri” degan vaj bilan tizimga kira olishmayotganidan shikoyat qiladilar. Foydalanuvchilar doimiy parollarini eslab qolishlariga qaramay, ularning profillariga kirishda muammolar yuzaga kelmoqda.

Kundalik tizimida parollar avtomatik ravishda o‘zgartirilmaydi. Bunday muammolar quyidagi hollarda paydo bo‘lishi mumkin:  

1. Ma’mur, sinf rahbari, “Odamlar” blokiga kirish huquqiga ega muharrir tasodifan yoki qasddan ularning login va parollari orqali o‘quvchilar va ota-onalarning profiliga kiradi. Ularning profiliga kirish uchun foydalanuvchining doimiy parolini o‘zgartirish lozim. Natijada, ota-onalar o‘zlarining profillariga kirishlariga imkon bo‘lmaydi.
Taxminimiz bo‘yicha, bu maktab xodimlari ota-onalarning o‘rniga tizimdagi faollik ko‘rsatkichlarini oshirishga bo‘lgan urinish yoki boshqa maqsaddagi xatti-harakatlar bilan bog‘liq.  

Ota-onalar bilan, ularni elektron kundalikdan foydalanishga faolroq jalb etgan hamda bolaning maktabdagi hayotida har kunlik ishtirokini ta’minlagan holda, muloqot faolligini oshirishni qat’iy tavsiya qilamiz. Mazkur yondashuv ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari faoliyati ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Sizning e’tiboringizni quyidagilarga qaratmoqchi edik, ota-onalar va o‘quvchilarning profillariga ularning roziligisiz kirish foydalanuvchi ma’lumotlarining maxfiyligini buzadi hamda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun bilan ko‘zda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi. 

2. Ota-ona/o‘quvchi haqiqatan ham noto‘g‘ri parolni kiritmoqda. Bunday holda, ular mustaqil ravishda parolni tiklashga harakat qilib ko‘rishlari mumkin: https://help.kundalik.com/hc/ru/articles/360003768760. Shuningdek, sinf rahbari yoki o‘z maktabidagi ma’murga murojaat qilishlari mumkin. Mazkur xodimlar parolni tiklashda va foydalanuvchi uchun yangi vaqtinchalik parolni taqdim etishda yordam berishadi.

<>Fevral 2021
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
25 26 27 28 29 30 31
01 02 03 04 05 06 07
08 09 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
01 02 03 04 05 06 07