O'zb

Kundalik platformasi maktab o‘quvchilari uchun onlayn ravishda ta’lim olishlari uchun yangilandi

  • 26 mart 2021 da 12:39, Малика Реймбаева

Kundalik platformasi texnik jihatdan yangilangan va masofadan o‘qitishga o‘tkazilgan maktablarda masofadan o‘qitishni tashkil etishga tayyor.

“Kundalik orqali o‘qituvchilar uy vazifalari va o‘quv materiallarini, oquvchilar esa bajarilgan ishlarni ko‘rib chiqish uchun yuborishlari mumkin. Bu yil biz o‘qituvchilar uchun ilovani yangiladik, endilikda u iOSda mavjud va qo‘shimcha funktsiyalari ham bor. Tizimda shaxsiy xabarlar almashinuvi, e’lonlar nashr qilish, guruhlarni yaratish xizmatlari mavjud. “YouTube”dagi video blogimizda o‘qituvchilar uchun ilovadan foydalanish va barcha foydalanuvchilar uchun tizimda ishlash bo‘yicha video ko‘rsatmalar mavjud. Agar siz biron bir qiyinchilikka duch kelsangiz yoki sizda biron bir savol paydo bolsa, texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz kerak”, - deya sharhlaydi Kundalik texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati rahbari Hilola Izzatova.  

Kundalik tizimi doimiy ravishda takomillashtirilmoqda. Bugungi kunda o‘qituvchining boshlang‘ich sahifasi yangilandi. Endi o‘qituvchilar maxsus vidjetlarda saytga yoki ilovaga kirishlari bilanoq darhol qaysi jurnallarda va qaysi mavzularda hali uy vazifasi va dars mavzusini bermaganliklarini yoki baho qo‘maganliklarini ko‘rishlari mumkin. Maktab ma’muriyati va rahbariyati uchun nafaqat hisobotlarni kuzatish, balki o‘qituvchilarning ish ko‘rsatkichlari bilan maktab faoliyatini monitoring qilib borish imkoniyati paydo bo‘ldi.

O‘quvchi va ota-onalarning boshlang‘ich sahifasi ham yangilandi va mobil brauzerlar uchun moslashtirildi. Unda siz bolalar haqida eng dolzarb ma’lumotlarni ko‘rishingiz mumkin:

* joriy hafta uchun jadval va baholar;

* uy vazifasi va dars mavzulari;

* kundalikdagi o‘qituvchilarning sharhlari;

* sinf va maktab hayotidagi dolzarb yangiliklar.

“Biz masofaviy ta’lim bilan birinchi marotaba to‘qnash kelmayapmiz. Mamlakatda e’lon qilingan birinchi o‘z-o‘ini cheklashdan boshlab o‘qituvchilarni elektron jurnal bilan ishlashga o‘rgatish bo‘yicha katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Karantin davrida seminarlar Zoom yordamida o‘tkazildi, karantin choralari yumshatilganda biz viloyat maktablariga borib, o‘qituvchilarni joylarda o‘qitdik. 2021 yilda Samarqand shahrida, Samarqand viloyatining ikki tumanida, shuningdek Qoraqalpog‘iston poytaxti - Nukusda pedagoglar o‘qitildi”, - deya qayd etdi Kundalik metodisti Gulnora Ismoilova.

Karantinada ta’lim olayotgan o‘quvchilar  uchun materiallar xodimlarning xohishiga ko‘ra sinf sahifasida yoki tashkilot profilidagi “Fayllar” bo‘limiga joylashtirilishi kerakligini eslatib o‘tamiz. Yuklangan fayllarning umumiy hajmi 2 Gb dan oshmasligi kerak. Shuningdek, dars sahifasida o‘qituvchi mavzuga oid fayl qo‘shishi yoki video darsga havola qoldirishi mumkin. Dars sahifasida o‘quvchilar  shunga qarab uy vazifasini ko‘rishlari va tayyorlashlari mumkin.

<>Mart 2021
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
22 23 24 25 26 27 28
01 02 03 04 05 06 07
08 09 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 01 02 03 04