O'zb

O‘zbekistondagi ota-onalar elektron kundaliklarga qanday munosabatda bo‘lishlariga javob berishdi

  • 6 avgust 2021 da 09:30, Малика Реймбаева

O‘zbekistondagi ota-onalar elektron kundaliklarga qanday munosabatda bo‘lishlariga javob berishdi     

2021-yil yanvar-may oylarida O‘zbekistonda ta’lim xizmatlarining o‘sish sur’atlari eng yuqori natijani ko‘rsatib, 145,2 foizni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichdan faqatgina ijara va ijara xizmatlari yuqoriroq bo‘ldi - 146,9 foiz.  

Shu bilan birga, 2020-yilda ko‘rilgan qat’iy karantin choralaridan so‘ng, ta’lim xizmatlari darajasi eng tez tiklangan soha bo‘ldi.

Qat’iy karantin sharoitida ta’lim xizmatlarining o‘sish sur’atlari grafigi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida PMTI katta ilmiy xodimi D.X.Vaxabova tomonidan tuzilgan.

Yangi raqamli xizmatlar bilan ishlashda jamoatchilik fikrini inobatga olish juda muhimdir. Olingan ma’lumotlarga asoslanib, qiyinchiliklarni jamlash, nuqsonlarni bartaraf etish va qo‘shimcha xizmatlarni amalga oshirish osonroq. Elektron kundalikni yanada takomillashtirish uchun ota-onalarning O‘zbekistondagi ta’limni raqamlashtirishga munosabati to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Ushbu so‘rovda 10 mingdan ortiq respondentlar ishtirok etishdi.   

67 foizdan ko‘prog‘i qog‘ozli kundaliklarni bekor qilish va elektron kundaliklarga o‘tishga ijobiy munosabatda bo‘lishgan. 22 foizi yangilikka qarshi, 12 foizi esa javob berishga qiynalgan.  

Ustunliklari togrisida

Ota-onalar (86 foiz) elektron kundalikning eng qulay tomoni - har qanday vaqtda va istalgan jyda bolaning aniq dars jadvali, baholari, topshiriqlari hamda davomatini kuzatish mumkinligi deb hisoblashadi. Shuningdek, ijobiy o‘zgarishlar qatorida bolalar tomonidan bilim olishga bo‘lgan qiziqishning o‘sishi ham bor.   

Aksariyat ota-onalar elektron kundalikning joriy etilishiga ijobiy munosabatda bo‘lishlarini va Kundalikni qulay deb hisoblashlarini ta’kidladilar. Ota-onalarning 80 foizi elektron kundalikka obuna bo‘lish uchun yiliga 9200 so‘m miqdoridagi mablag‘ to‘lanishini maqbul ekanligini tasdiqlashdi.

Afzalliklari to‘g‘risida 

Avvalo, ota-onalar elektron kundalikdagi baholarga, davomatga, keyin esa uy vazifalariga e’tibor berishadi. Darsga bo‘lgan sharhlar va tizimdagi o‘qituvchilar bilan aloqa qilish kamroq qiziqish uyg‘otadi. Foizlardagi bu tafovut an’anaviy telefon qo‘ng‘iroqlari yoki maktabga tashrif buyurish ko‘pchilikka odatga aylanganligi bilan bog‘liq. Ko‘pchilik uchun yozish va o‘qituvchidan javob kutishdan ko‘ra qo‘ng‘iroq qilish osonroq. Ammo vaqt o‘tishi bilan onlayn muloqot uchun “tarafdorlar” ulushi o‘sib boradi.

 

Qiyinchiliklar togrisida

Respondentlarning 46 foizi elektron kundalik bilan ishlashda qiyinchiliklarga duch kelmasliklarini, 39 foizi kamdan-kam hollarda, 5 foizi tez-tez duch kelishlarini aytishdi. Raqamli ta’lim platformasi bilan ishlashda asosiy qiyinchilik Internet sifatining pastligi va qimmatligidir. 48 foiz ota-onalarning fikri shunday bo‘ldi.

Mamlakatda Internet sifati bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanmoqda, buni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ma’lumotlari ham tasdiqlaydi. 2019 yil yanvaridan 2021 yil yanvarigacha O‘zbekistonda stasionar Internet tezligi uch barobardan ziyod oshdi - 10,89 Mbit/s. dan 34,26 Mbit/s. gacha. Mobil Internet tezligi 12,94 Mbit/s. ga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston ham ko‘rsatkichlarini yaxshilab, ikki pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoda 128-o‘rinni egalladi.

Uy vazifasi va dars jadvalining nomuvofiqligi kompaniyaning qo‘llab-quvvatlash so‘rovlari orasida keng tarqalgan bo‘lib, so‘rovda qatnashganlar ham ushbu fikrni ta’kidladilar. Tizimdagi bunday nomuvofiqliklar maktab xodimlari tomonidan qanday ma’lumotlar kiritilishiga bog‘liq. Tizimda hech narsa avtomatik ravishda o‘zgarmaydi, na ma’lumotlar, na login va kalit so‘zlar. Bunday holatlarni minimallashtirish uchun kompaniya metodistlari maktab xodimlari uchun seminarlar o‘tkazishda uy vazifalarini berish, jadvallarni kiritish, tahrirlash mexanizmini alohida-alohida tushunturadilar.

 

Foydalanishning davriyligi togrisida

Ko‘pgina ota-onalar har kuni o‘z farzandlarining elektron kundaligini tekshiradilar, bu davriylik ko‘proq boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga xosdir. Katta sinflarda ota-ona nazorati zaiflashadi. Ammo respondentlar orasida kundalikni har kuni yoki har hafta ko‘radiganlar ko‘pchilikni tashkil etib, atigi 4 foizi kundalikni oyiga bir marotaba ko‘rishar ekan.

 

Qog‘oz kundalikka ketadigan xarajatlar to‘g‘risida

Ota-onalarning 50 foizi ilgari qog‘oz kundalik uchun taxminan 10000-15000 so‘m, 28 foizi 20000 so‘m atrofida, 5 foizi 50000 so‘m oralig‘ida sarflaganlar. Ota-onalarning 17 foizi 3000 so‘mdan dan 60000 so‘mgacha bo‘lgan narxlar oralig‘ini ko‘rsatdilar.

Ma’lumotlarning yangilanishi to‘g‘risida

Ta’lim tashkiloti xodimlari kiritilgan ma’lumotlarning sifatli, o‘z vaqtida va to‘liqligi uchun javobgardir. Har bir maktabda tizimdagi ma’lumotlarning to‘g‘ri yangilanishini nazorat qiluvchi tizim ma’murlari mavjud.

Ota-onalarning 62 foizi baholashlar tezda yangilanadi va kundaliklardagi ma’lumotlar har kuni yangilanadi, deb hisoblashadi. 2,9 foiz ota-onalarning fikricha, o‘qituvchilar ma’lumotni yangilamaydilar, ko‘pincha ma’lumotning past darajadagi  yangilanishi hali qog‘ozsiz hujjat aylanishiga o‘tmagan maktablar uchun xosdir.

 

Gadjetlar to‘g‘risida

So‘rov ko‘rsatganidek, aksariyat foydalanuvchilar elektron kundalik bilan ishlash uchun smartfondan foydalanadilar. Buning sababi shundaki, zamonaviy smartfonning funksionalligi ko‘p vaqtni tejaydi. Bu sizga turli xil servislar, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, onlayn yig‘inglar o‘tkazish, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash va h.k. kabi qulayliklarni taqdim etadi.

Mobil telefon orqali bolalar kundaligiga kirish, ayniqsa, ishlayotgan ota-onalar uchun juda qulaydir. Kundalik kompaniyasida qayd etishlaricha, yangi o‘quv yilida qo‘shimcha qulaylik sifatida ota-onalar va o‘quvchilar uchun mobil ilova mavjud bo‘ladi. Biroq, ilova bepul bo‘ladimi-yo‘qmi hali ma’lum emas.

 

Baholarni ko‘rish to‘g‘risida

Ota-onalarning aksariyati (61 foizi) elektron kundalikdagi baholarni farzandlari bilan birgalikda ko‘rishadi. Ularning fikriga ko‘ra, bu yo‘l bilan bola ota-onaning e’tiborini ko‘proq his qiladi va yuqori ko‘rsatkichlarga intiladi. Bunday holda, bola darhol baholash yoki vaziyat haqida izoh berishi mumkin, bu esa ta’lim masalalarida yanada ishonchli munosabatlarni o‘rnatishga yordam beradi. 

Ota-onalarning 39 foizi esa kundalikda o‘z-o‘zini tekshirish bolalarning mustaqilligini mustahkamlashga va xatolar yoki yutuqlar uchun ko‘proq mas’uliyatni his qilishga yordam beradi, deb hisoblashadi.

 

2020-21 o‘quv yili yakunlandi, lekin mazkur yil epidemiologik vaziyat sababli vaqti-vaqti bilan masofadan o‘qitish shakliga o‘tishi bilan ham qiyin bo‘ldi. Ota-onalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, ular raqamli ta’lim platformasi bilan ishlashdan qoniqishgan, elektron kundalikning imkoniyatlari, uning narxi va ixtiyoriyligini ijobiy baholashgan.

<>Avgust 2021
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
26 27 28 29 30 31 01
02 03 04 05 06 07 08
09 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 01 02 03 04 05