O'zb

O‘zbekistondagi 5000 dan ortiq maktablar qog‘ozsiz hujjat aylanishiga o‘tmoqda

  • 27 avgust 2021 da 16:31, Малика Реймбаева

O‘zbekistonda qog‘oz jurnallaridan voz kechishga va uning elektron talqini – “Kundalik”ka o‘tishga tayyor bo‘lgan maktablar soni ortib bormoqda. Samarqand, Buxoro, Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan, shuningdek, Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarining ta’lim tashkilotlari yangi o‘quv yilida qog‘ozsiz hujjat aylanishiga o‘tadilar, jami ro‘yxatda 5000 dan ortiq maktablar bor.

Xalq ta’limi vazirligining qaroriga ko‘ra, yangi 2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekistondagi umumta’lim maktablari gibrid shaklda ishlashni davom ettiradi. Ushbu o‘quv shakli 2020/2021 o‘quv yilida qo‘llanilgan, Kundalik raqamli ta’lim platformasida O‘zbekistondagi maktablarda masofadan o‘qitishni tashkil etish uchun zarur imkoniyatlar mavjud. Bu o‘quvchilarga uy sharoitida o‘quv jarayonini to‘xtatmaslik, fanlarni mustaqil o‘qish, uy vazifasini yuborish, yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish va o‘qituvchilar bilan masofadan turib muloqot qilish imkonini beradi.  

Faqatgina elektron jurnaldan foydalanishga o‘tgan maktablarda bolalar uchun baholar, dars jadvallari hamda uy vazifalari elektron kundaliklarda aks ettiriladi.

Biz maktabga tayyorgarlik jarayonida ota-onalarga qog‘oz kundalikni sotib olmaslikni tavsiya qilamiz, chunki qog‘ozsiz hujjat aylanishiga o‘tgan maktablarda qog‘oz kundaliklar ishlatilmaydi. Buning o‘rniga, siz bir kalendar yil uchun amal qiladigan “Kundalik”ka obunani rasmiylashtirishingiz kerak. 2021/2022 o‘quv yilida obuna narxi kamaytirildi va bir kalendar yili uchun amal qiladigan narx 8600 so‘m miqdorida belgilandi.     

O‘qituvchilar uchun Kundalik.Jurnal ilovasi mavjud bo‘lib, uni  “Play Market” va “App Store”dan yuklab olish mumkin. Ilova yordamida pedagoglar internetga ulanmasdan ham jurnal bilan ishlashlari mumkin. Yaqin orada ota-onalar hamda o‘quvchilar uchun ham ilova taqdim etiladi.

 

<>Avgust 2021
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
26 27 28 29 30 31 01
02 03 04 05 06 07 08
09 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 01 02 03 04 05