O'zb

Ota-onalar va o‘quvchilar uchun Kundalik.Family mobil ilovasi yaratildi

  • 9 sentabr 2021 da 05:29, Малика Реймбаева

Endilikda Kundalik.Family mobil ilovasi Android va iOS foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘ladi. Elektron kundalik va o‘qitish platformasining standart variantlariga qo‘shimcha ravishda, ilovada O‘zbekiston ta’lim bozori uchun noyob funksiyalar taqdim etilgan.

Ilova foydalanuvchilarga bolalarning maktab hayotini kuzatishning yangi, yanada qulayroq usulini, shuningdek, har kungi avtorizatsiyasiz tizimga tez kirish usulini taqdim etish uchun yaratilgan. Ilovada ro‘yxatdan o‘tish uchun sizga foydalanuvchining kompyuterdan kiradigan logini va paroli kerak bo‘ladi.  

Elektron kundalikning asosiy imkoniyatlariga qo‘shimcha ravishda, ilovada ko‘plab yangi va foydali funksiyalar mavjud.

Bu:

  • bolaning qayerdaligi;
  • ayni damdagi dars haqida;
  • bolaning fanlar bo‘yicha sinfdagi reytingi;
  • o‘rtacha bali va hafta natijalari;
  • ertangi kundagi muhim ishlar;
  • keyingi o‘quv kuniga uy vazifasi hajmi haqida ma’lumot.

Bundan tashqari, ilovada vazifalarni bajarishning motivatsion trkeri hamda oilaviy foydalanishni sozlash imkoniyati mavjud.

Ilova ota-onaga bola qayerdaligini bilishga yordam beradi. Buning uchun o‘quvchining moslamasiga bepul Kunalik.Tracker ilovasini yuklab olish kerak. Muvaffaqiyatli o‘rnatilgandan so‘ng, ota-onalarning telefonlariga bolalarning qayerdaligi, shuningdek, ayni damdgi dars, yangi baholar, sinf va maktabdagi yangiliklar, ertaga topshirish kerak bo‘lgan muhim ishlar haqida tezkorlik bilan ma’lumotlar kelib turadi.

“Baholar” yorlig‘i tanlangan hisobot davri uchun 15 ta so‘nggi baholarni taqdim etadi. Ularni sinfdoshlarining ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashingiz, shuningdek, farzandingiz va butun sinfning bir necha hafta davomida o‘rtacha balining o‘zgarish jadvalini ko‘rishingiz mumkin.

“Reyting” yorlig‘ida talaba sinfda qaysi o‘rindaligi ko‘rsatilgan, ushbu tahlil muammoli fanlarini yaxshiroq o‘zlashtirishga, bilimdagi kamchiliklarga ko‘proq e’tibor berishga yordam beradi.

Ilovalar orqali o‘quvchilar kundalikdagi barcha turdagi imkoniyatlardan foydalanishlari, uy vazifalarini va fayllarni ijodiy vazifalar bilan yuborishlari, dars jadvalini ko‘rishlari, kunlarini mustaqil rejalashtirishlari mumkin. Ilovada uy vazifasini ota-ona profili orqali yuborish  ham mumkin, ayniqsa, bu platforma bilan ishlash uchun bitta smartfon mo‘ljallangan oilalar uchun muhimdir. “Kundalik” yorlig‘idagi motivatsion treker o‘quvchilarni vazifalarni tezroq bajarishga  turtki beradi va rag‘batlantiradi.

Ota-onalar va o‘quvchilar uchun Kundalik.Family mobil ilovasi qo‘shimcha qulaylikdir. Mazkur ilova bir nechta maqsadlarga asoslanib yaratilgan: bolalar xavfsizligini oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash, ota-onalar uchun qulay monitoring vositasini taqdim etish.  

Obunani  rasmiylashtirayotganda oilaviy kirish tartibi yoqiladi, ya’ni maktab o‘quvchilarining o‘zlashtirishi haqida yangiliklardan xabardor  bo‘lishni istagan hamda Play Market yoki App Store ilovalarida o‘z akkauntiga ega bo‘lgan barcha oila a’zolari barcha dastur funksiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shunday qilib, oilada bir PRO-obuna bir vaqtning o‘zida bir necha kundaliklarning o‘rnini bosadi. Mobil ilova O‘zbekiston EdTech bozorida yangi xizmat ekanligini hisobga olib, – foydalanuvchilar uchun 2021-yilning noyabri oxiriga qadar barcha pullik vazifalari bepul demo-foydalanish bilan taqdim etiladi.

«Bu kundalik hayotda raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradigan, ta’lim bozoridagi noyob mahsulotdir. Foydalanuvchilarga premium mahsulotning qulayligini shaxsan sinab ko‘rish, bolalarning o‘zlashtirish jarayonini baholash maqsadida Kundalik.Family ilovasidan 2021 yil noyabr oyining oxirigacha bepul foydalanish mumkin.

Qayd etishni istardimki, ilovadan foydalanish har bir kishining shaxsiy tanlovi va qo‘shimcha imtiyozdir. Ilova brauzer orqali elektron kundalik bilan ishlash imkoniyatlarini cheklamaydi, xizmatning asosiy bo‘limlari mobil ekranlarga moslashtirilgan bo‘lib qoladi», - deydi “Kundalik” kompaniyasining bosh direktori Behzod Azimov.

Andoid uchun havola:
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.kundalik.mobile

iPhone uchun havola:
https://apps.apple.com/uz/app/kundalik-family/id1526435440

 

<>Sentabr 2021
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
30 31 01 02 03 04 05
06 07 08 09 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 01 02 03
04 05 06 07 08 09 10