Hurmatli ustozlar, o‘quvchilar va ota-onalar!
O‘quv yilining uchinchi choragi onlayn rejimda boshlandi hamda ko‘plab foydalanuvchilar Kundalik tizimida ishlash jarayonida qiyinchiliklarga duch kelishdi.
Sizga yetkazilgan noqulayliklar uchun afsusdamiz, hamda kompaniya nomidan uzr so‘raymiz.
Maktablarda onlayn ta’lim davrida o‘quv jarayonining tuzilishi boshqacha qurilgan va qo‘shimcha texnologik imkoniyatlarni maksimal darajada jalb qilishni talab qiladi.
Karantindagi oldingi ish tajribasini hisobga olgan holda va bunday muammolar xavfini tushungan holda, kompaniyaning Maʼlumotlarni qayta ishlash markazida mavjud server quvvatlarini texnik modernizatsiya qilish jarayonini amalga oshirdi. Biroq, global pandemiyaning iqtisodiy oqibatlari, yangi uskunalarni ishlab chiqarish va logistika muddatiga ta’sir qildi va shuning uchun biz 2022-yil yanvar oyida onlayn o‘qitishni boshlash uchun yetkazib berish va jihozlarni to‘liq bajara olmadik.
Hozirda uzilishlar bartaraf etilgan, modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. “O‘zbektelekom” AK tomonidan taqdim etilgan serverlar o‘zimizning zamonaviy va yanada kuchli uskunalarimiz bilan to‘ldiriladi.
Loyihaga e’tibor va befarq bo‘lmaganligingiz uchun rahmat!