O'zb

EduERP tizimi Kundalik bilan integratsiyalashdi

  • 15 avgust 2022 da 07:39, Малика Реймбаева

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan EduERP tizimi real vaqt rejimida maktab maʼlumotlarini saqlash va boshqarishni avtomatlashtiradi. Endi Kundalik tizimida yangi maktablar va foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishda siz ma’lumotlarni avtomatik ravishda yuklashingiz mumkin.

Kundalik va EduERP integratsiyasi maktab ma’murlarining ishini soddalashtiradi. Yangi foydalanuvchilarni qo'shish hamda yangi maktabni ro‘yxatdan o‘tkazishda endi o‘quvchi yoki xodim ma’lumotlarini qo‘lda to‘ldirish shart emas. Ma’lumotlar: maktab tafsilotlari, sinflar ro‘yxati, fanlar, o‘quvchilar va xodimlar EduERP ma’lumotlar bazasidan avtomatik ravishda “Kundalik”ka yuklanadi. Har bir maktab uchun maʼlumotlar bazasidan foydalanish huquqi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan beriladi.

“Kundalik”dagi ta’lim tashkilotini faollashtirish uchun dastlabki kirish uchun login va parol kerak bo‘ladi. Buning uchun anketa, ariza to‘ldirib, Xalq ta’limi vazirligiga yoki viloyat xalq ta’limi boshqarmalariga rasmiy xat yuborishingiz kerak. Anketa andozasini "Ulanish" sahifasida yuklab olishingiz mumkin. Anketalar tasdiqlangandan so'ng, maktablarga ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi ma'lumotlar beriladi: vaqtinchalik login va parol, bularni ma’mur ro'yxatdan o'tkazish paytida doimiyga o'zgartiradi va keyinchalik tizimga kirish uchun foydalanadi. Yangi foydalanuvchilarni qo'shganda Kundalik tizimi saytga foydalanuvchi ma'lumotlarini yuklash uchun so'rov yuboradi. To'g'ri ID kiritilgandan so'ng, ma'lumotlar avtomatik ravishda to'ldiriladi. Maktab va foydalanuvchilarni birinchi bor ro'yxatga olishdan tashqari, o'quv yili davomida maktabga yangi foydalanuvchilarni qo'shish zarurati paydo bo'lishi mumkin. Buning uchun “Kundalik”da o‘quvchi yoki xodimning individual EduERP_IDsini ko'rsatishingiz va "Ma’lumotlarni olish" tugmasini bosishingiz kerak. Shu tariqa tashkilotga yangi o‘quvchilar va xodimlarni qabul qilish jarayoni soddalashadi, – deydi “Kundalik”ning qo‘llab-quvvatlash xizmati rahbari Hilola Izzatova.     

Kundalik.com platformasida EduERP ma'lumotlari bilan ishlash bo'yicha batafsil ko'rsatmalar bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin: https://help.kundalik.com/hc/ru/articles/4809752927890.

<>Avgust 2022
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
25 26 27 28 29 30 31
01 02 03 04 05 06 07
08 09 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 01 02 03 04