“Anorbank” “eMaktab” (Kundalik) raqamli ta’lim platformasi bilan hamkorlikda keng ko‘lamli sovrinlar o‘yini bilan maxsus loyihani ishga tushirmoqda.
Loyihaning maqsadi — maktab o‘quvchilarini o‘z bilimlarini oshirishga va yangi maqsadlarga intilishlariga motivatsiya berishdir.
Oʻyinda butun Oʻzbekiston boʻylab “eMaktab” (Kundalik) tizimida avtorizatsiyadan o‘tgan maktabning 1-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin. Yaxshi baholar uchun oʻquvchilar qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Masalan, “4” yoki “5” baho olgan oʻquvchi mos ravishda 4 va 5 ball oladi. Natijada jami 100 ballni bitta kuponga almashtirish mumkin. Har bir kupon o‘yinda ishtirok etish uchun bitta imkoniyatga teng bo‘lib, unda g‘oliblar tasodifiy raqamlar generatori tomonidan aniqlanadi. Oʻquvchilarning kuponlari qancha ko‘p bo‘lsa, g‘alaba qozonish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Loyiha shartlariga ko‘ra, o‘quvchilar baho oladilar, ularning ota-onalari esa kupon almashtirib, sovrinlar o‘yinida qatnashadilar.
Ushbu loyiha doirasida ANORBANKning jismoniy ANOR BLACK kartalariga ega bo‘lgan barcha ota-onalar ballarni kuponlarga almashtirishlari va keng ko‘lamli sovrinli o‘yinda ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, yuqorida qayd etilgan jismoniy karta egalari ANORBANK tomonidan 2023/24 o‘quv yili davomida eMaktab platformasi uchun yillik PRO obunasini ham qo‘lga kiritadilar.
Loyiha uch bosqichdan iborat:
1-bosqich 3-oktabrdan 25-dekabrgacha.
2-bosqich 1-yanvardan 30-martgacha.
3-bosqich - 1-apreldan 25-maygacha.
Har bir bosqich yakunida kupon egalari oʻrtasida 100 ta sovrinlar oʻyini oʻtkaziladi.
Birinchi bosqich yakunida quyidagi sovrinlar o‘ynaladi:
10 ta “Apple iPhone 14” smartfonlari;
10 ta “Apple Watch 8” aqlli soatlari;
30 ta “Acer Aspire 3” noutbuklari;
10 ta aqlli “Yandex.Stansiya” dinamiklari;
40 ta “Samsung Tab A7 Lite” planshetlari.
Loyiha doirasidagi yangiliklar va qoʻshimcha bonuslar haqida “ANORBANK” va “eMaktab” rasmiy kanallarida oʻqing.
Sayt: anorbank.uz, https://emaktab.uz/news
Facebook: fb.com/anorbank, fb.com/emaktab.uz
Telegram: t.me/anorbank, t.me/emaktab_uz
Instagram: instagram.com/anorbank, instagram.com/emaktab.uz