O'zb

Hududiy maktab oʻqituvchilari “eMaktab” tizimida mezonli baholash bilan ishlashga oʻrganishdi

  • 3 dekabr 2023 da 19:00, Малика Реймбаева

Summativ baholash O‘zbekiston Respublikasi MMTV tomonidan o‘zlashtirish faoliyatini doimiy nazorat qilish qoidalari doirasida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. “eMaktab” metodistlari Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari o‘qituvchilari uchun bir qator o‘quv seminarlarini o‘tkazishdi.

Seminar dasturi nazariy material va amaliy topshiriqlarga asoslangan. “eMaktab.Smart” platformasidagi mezonlarga asoslangan o‘quv kursi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi ko‘magida yaratilgan.  

“Birinchi navbatda, formativ va summativ baholashning mazmun-mohiyati, summativ ishlarni tahrirlash va o‘chirish haqida gapirib berdik. Chorak, yarim yil, bir yillik baholarni qanday hisoblashni misol bilan ko‘rsatdik va o‘qituvchilar bilan birgalikda amaliy topshiriqlar misolida barcha ko‘nikmalar ustida ishladik. Shuningdek, o‘tish natijalariga ko‘ra sertifikatlarni birgalikda yuklab oldik”, – deydi “eMaktab”ning metodik bo‘lim boshlig‘i Gulnora Ismoilova.

Yil boshidan beri “eMaktab” metodistlari 136 mingdan ortiq o‘qituvchilarni tizimda ishlashga tayyorladilar, O‘zbekiston bo‘ylab maktab xodimlari uchun 9 mingdan ortiq seminarlar, taqdimotlar va bahs-muhozaralar o‘tkazdilar.

Eslatib o‘tamiz, har bir o‘qituvchi mustaqil ravishda kursda qatnashishi hamda sertifikat olishi mumkin.  

Kursga havola.

Kursni o‘tish bo‘yicha video yo‘riqnomalar bu yerda.

 

<>Dekabr 2023
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
27 28 29 30 01 02 03
04 05 06 07 08 09 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
01 02 03 04 05 06 07