O'zb

“ANORBANK” va “eMaktab” O‘zbekiston bo‘ylab o‘yin g‘oliblariga sovrinlarni topshirishdi

  • 26 fevral 2024 da 19:00, Малика Реймбаева

“ANORBANK” va “eMaktab” vakillari shaxsan Toshkent shahri va viloyatlaridagi maktablarda o‘quvchilarni g‘alaba bilan tabriklashdi.

Natijada g‘olib maktab o‘quvchilariga: 10 ta “Apple iPhone 14” smartfoni, 10 ta “Apple Watch 8” smart soati, 30 dona “Acer Aspire 3” noutbuki, 10 ta “Yandex.Stansiya” smart-dinamiklari, 40 dona “Samsung Tab A7 Lite” planshetlari topshirildi.

Toshkent maktablarida sovrinlar topshirish video sharhini mazkur havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

Toshkent maktablarida sovrinlar topshirish foto hisobotini mazkur havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, hozirda aksiyaning ikkinchi bosqichi davom etmoqda va Oʻzbekistonning barcha “eMaktab” tizimida ro‘yxatdan o‘tgan  1-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan oʻquvchilar, shu jumladan “ANORBANK”ning “ANOR BLACK” yoki “Uzcard DUO” kartalaridan biriga ega boʻlgan birinchi bosqich gʻoliblari ham yaxshi baholar uchun qimmatbaho sovrinlarni yutib olish imkoniyatiga egadirlar. 

Aksiya shartlari avvalgidek qoldi: siz “4” yoki “5” bahosini olishingiz hamda ball to‘plashingiz kerak. 100 ball bitta kuponga teng, har bir kupon esa o‘yinda ishtirok etish uchun bitta imkoniyatga teng bo‘lib, unda g‘oliblar tasodifiy raqamlar generatori tomonidan aniqlanadi. Kuponlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, g‘alaba qozonish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Ikkinchi bosqich 27-martgacha davom etadi.

Aksiyada ishtirok etishning qanday shartlari bor?

  • eMaktab tizimiga ulangan bo‘lish.
  • “5” va “4” baholar olish.
  • “ANORBANK”dan “UzCard DUO” va/yoki “ANOR BLACK” bank kartasini ochish.

Qayd etamiz, aksiyada ishtirok etsangiz yutkazmaysiz, chunki ANORBANKdan bank kartasini ochish evaziga foydalanuvchi sovg‘a sifatida butun oila uchun eMaktabga yillik PRO obunasini oladi.

Aksiya ikkinchi bosqichining mukofot fondi 130 ta sovrindan iborat:

- 5 ta “Apple iPhone 15” smartfonlari;

- 5 ta “PlayStation 5” o‘yin moslamalari;

- 40 ta “Apple Watch SE” smart soatlari;

- 40 ta “Samsung Galaxy Tab A9” planshetlari.

- 40 ta “Airpods 2.1” simsiz eshitish vositalari.

 

 

<>Fevral 2024
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
29 30 31 01 02 03 04
05 06 07 08 09 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 01 02 03
04 05 06 07 08 09 10