O'zb

eMaktab platformasida onlayn-mashqlar paydo bo‘ldi

  • 11 iyul 2024 da 19:00, Малика Реймбаева

Zamonaviy texnologiyalar o‘quvchilarga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rishda yangi imkoniyatlar ochmoqda.

eMaktab.Smart platformasida o’yinga o’xshatilgan onlayn-mashqlar yordamida kirish imtihonlariga tayyorlikni  tekshiruvchi noyob imkoniyat yaratildi.

Real savollarga asoslangan test jarayoni

Onlayn-mashqlar Prezident taʼlim muassasalari Agentligi tomonidan taqdim etilgan rasmiy real imtihon savollariga asoslangan.

eMaktab - hech qanday cheklovlarsiz sinov testlarini taklif qiladigan yagona rasmiy manbadir. Endilikda har bir o‘quvchi o‘z bilimi va tayyorgarlik darajasini tekshirib ko‘rishi mumkin.

Onlayn-mashqlarning asosiy afzalliklaridan biri bu testlarni bir necha marotaba bajarish mumkinligi. Bu esa o‘quvchilar uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratdi:

  • test sinov mexanizmini anglash;

  • haqiqiy imtihondan o‘tish uchun zarur bo‘lgan taxminiy vaqtni bilib olish;

  • imtihon oldidan hayajonni kamaytirish;

  • o‘quv yurtiga kirish imkoniyatini oshirish.

Testlar o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida taqdim etiladi.

Loyiha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan yaqin hamkorlikda yaratilgan, bu uning sifati va taʼlim standartlariga muvofiqligini kafolatlaydi.

Onlayn-mashqlar oldingi yillardagi test savollariga va eksklyuziv tarzda 2024-yil savollariga asoslangan.

Tayyorgarlikni qanday boshlash kerak?

Tayyorgarlikni boshlash uchun smart.emaktab.uz saytiga o‘tish, eMaktab foydalanuvchi nomi va parol yordamida tizimga kirish, kurslar bo‘limiga o‘tish va kerakli mashqni xarid qilish.

Onlayn-mashqlar bilan ishlash haqidagi batafsil ma’lumotni video ko‘rsatmalar yordamida ko‘rish mumkin:

Mashqlar haqidagi savollarga qanday kirish mumkin

Onlayn-mashqlarni ochish uchun 6 qadam

Faqatgina eMaktabda! 2024-yil uchun ta’lim muassasalariga kirish test savollari

 

<>Iyul 2024
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
24 25 26 27 28 29 30
01 02 03 04 05 06 07
08 09 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 01 02 03 04