O'zb

"Raqamli o'qituvchi" va "Raqamli maktab" mukofoti g'oliblari

  • 21 avgust 2024 da 19:00, Малика Реймбаева

Raqamli o‘qituvchi” premiya g‘olibi 35 yildan ortiq tajribaga ega fizika fani o‘qituvchisi Gulnora Najimova bo’ldilar va “Raqamli maktab” unvoni Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 01-sonli maktabga berildi.

Faxriy mukofotlar:

Planshet Redmi Pad SE 8/256Gb, O'qituvchi uchun medal, Kubok, maktab uchun diplomni Xalq ta'limi vaziri maslahatchisi Toshkenboyev Ulug'bek Negmatovich topshirdilar. 

Buxoroda "Raqamli maktab” va “Raqamli o'qituvchi” tanlovi g'oliblari taqdirlandi.

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan "Raqamli maktab” va “Raqamli o'qituvchi” tanlovi e'lon qilingan edi.

Mazkur tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan Buxoro tumanidagi 22-umumta'lim maktabi “Eng yaxshi maktab” va shu maktab o'qituvchisi Shaxnoza G‘afforova “Eng yaxshi oʻqituvchi” nominatsiyasi g'olibi, deb topildi.

14-avgust kuni Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida  g'oliblar munosib taqdirlandilar.

G'olib maktab direktori Ilyos Raxmatov  medal, kubok va sеrtifikat,

o‘qituvchiga esa medal, sеrtifikat va Redmi Pad SE 8/256Gb plansheti topshirildi.

G'oliblarga mukofotlarni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev taqdim etdi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida “Raqamli maktab” va “Raqamli o‘qituvchi” ko'rik-tanlovi yakuniga ko'ra, g'oliblar taqdirlandi.

eMaktab.Smart platformasiga qoʻshgan hissalari alohida eʼtirofga sazovor boʻlgan poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 180-sonli umumta'lim maktabi “Eng yaxshi maktab” va shu maktab o'qituvchisi Lola Karaxodjayeva “Eng yaxshi oʻqituvchi” nominatsiyasi g'olibi, deb topildi.

G'olib maktabga kubok va diplom, o‘qituvchiga esa medal, diplom va Redmi Pad SE 8/256Gb plansheti topshirildi.

G'oliblarga mukofotlarni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov taqdim etdi.

<>Avgust 2024
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
29 30 31 01 02 03 04
05 06 07 08 09 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 01
02 03 04 05 06 07 08