O'zb

Uchinchi “Ustozlar milliy forumi”da eMaktab platformasining yangi imkoniyatlari taqdim etildi.

  • 22 avgust 2024 da 19:00, Малика Реймбаева

2024-yilning 15-16-avgust kunlari Toshkent viloyatidagi “Renessans” bolalar oromgohida mamlakatimizning barcha hududlaridan 400 nafar ilg‘or o‘qituvchilarni birlashtirgan uchinchi “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur an’anaviy forum ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan dolzarb islohotlarni muhokama qilish, o‘zaro tajriba almashish uchun muhim platformaga aylandi.

Bu yilgi forumning shiori – “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” – ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlar va ilg‘or uslublarni joriy etishga bo‘lgan intilishni aks ettiradi. Tadbir doirasida ishtirokchilar o‘quv rejalari, ta’lim dasturlari va baholash tizimlariga oid yangiliklar bilan yaqindan tanishdilar.

Forum davomida eMaktab kompaniyasi xodimlari o‘qituvchilarga kundalik faoliyatlarida sarflanadigan vaqt va kuchlarini tejashga yordam beradigan platformaning so‘nggi yangilanishlarini taqdim etdilar.

Respublika Ta’lim Markazi bilan hamkorlikda platformada yangi “Uslubiy yordam” bo‘limi ishlab chiqildi. Bo‘lim pedagoglarga me’yoriy-huquqiy hujjatlar, yo‘riqnomalar, o‘quv materiallari, taqvim-mavzu rejalardan foydalanish imkoniyatini berish uchun yaratilgan.

Joriy yilning 1-sentyabr sanasidan boshlab, ushbu bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining barcha o‘qituvchilari uchun ochiq bo‘lib, materiallardan bepul foydalanish va ularni platformadan yuklab olish mumkin bo‘ladi. Shunday qilib, platforma pedagoglarning ishini soddalashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarning yagona bazasini mujassam qilinadi.

Shuningdek, endilikda o‘qituvchilar raqamli uy vazifalari va raqamli BO‘B/ChO‘B topshiriqlari uchun baho qo‘yishga ortiqcha vaqt sarflashlariga hojat qolmaydi. Barcha o‘quvchilar uy vazifalarini bajarib bo‘lganlaridan so‘ng, “Jurnalga baholarni qo‘yish” tugmasini bir marta bosish orqali barcha baholarni bir vaqtning o‘zida qo‘yib chiqish mumkin bo‘lib, barcha baholar avtomatik ravishda jurnalda aks ettiriladi.

 “Tadbir spikeri sifatida meni do‘stlik va faol qiziqish muhiti yoqimli hayratda qoldirdi. O‘zbekistonning, hatto, eng chekka hududlaridan tashrif buyurgan o‘qituvchilar ham raqamli ta’lim platformasining ishlash tamoyillarini mukammal egallaganlar, uning imkoniyatlaridan o‘z faoliyatlarida foydalanib, tizimdagi yangilanish haqidagi xabarni katta qiziqish va ishtiyoq bilan qabul qilishdi. Bu bizni o‘qituvchilarning mehnatini soddalashtiradigan va ta’lim jarayoniga innovatsion yechimlarni tadbiq etishga hissa qo‘shadigan yangi raqamli imkoniyatlar va mahsulotlarni yaratishga katta turtki bo‘ladi”, – deb o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi eMaktab metodisti Feruza Meyliyeva.”

Ishtirok haqidagi foto-hisobotni bu yerda tomosha qilish mumkin.

Ishtirok haqidagi videolavhani bu yerda tomosha qilish mumkin.

eMaktab’ning Telegram kanali

eMaktab’ning Instagramdagi sahifasi

eMaktab’ning Facebookdagi sahifasi

eMaktab’ning YouTube kanali

<>Avgust 2024
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
29 30 31 01 02 03 04
05 06 07 08 09 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 01
02 03 04 05 06 07 08