Toshkent va Xorazm shaharlarida 168 ta maktab oʻquvchilari summativ ishlarning demo-versiyalarini elektron formatda topshirdi. eMaktab platformasining funksional imkoniyatlari yordamida kanselyariya, tipografiya va boshqa xarajatlarsiz summativ ishlarni oʻtkazish mumkin.
eMaktab platformasida nazorat ishlari, mustaqil ishlar, summativ ishlarni baholarni jurnalga avtomatik qoʻyish orqali amalga oshirish mumkin. Elektron format koʻplab afzalliklarga ega, birinchi navbatda — xarajatlarni qisqartirish. Endi qogʻoz sotib olish yoki vazifalarni chop etish uchun pul sarflashning hojati yoʻq. Masalan: bitta sinfda oʻrtacha 30 nafar oʻqituvchi bor. Bitta chorakda 3 ta summativ ish oʻtkaziladi, bunda bitta ish uchun har bir oʻquvchiga 3 varaq A4 qogʻozi kerak boʻladi. 3 ta ish* 3 ta varaq = 9 ta varaq.
Bitta sinf uchun hisoblasak:
9 varaq qogʻoz * 30 ta oʻquvchi = 270 ta varaq
4 ta fanga = 1 080 ta varaq
5-11-sinflar uchun = 7 560 ta varaq
Bitta maktabda toʻrtta chorak uchun 4 ta fan boʻyicha 5-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan 3 ta summativ ishni oʻtkazish uchun 30 240 varaq qogʻoz chop etish lozim. Bu 60,5 ta qogʻoz pachkasi degani (har bir pachkada 500 varaq hisobidan). Shunday bir qogʻoz pachkaning narxi — taxminan 40 ming soʻm. Bitta maktab uchun yiliga jami 2 419 200 soʻm sarflanishi kerak boʻladi.
Elektron formatdagi summativ ishlardan foydalanilganda, bu xarajatlarga ehtiyoj yoʻqoladi. Bundan tashqari, oʻqituvchining vaqtini sezilarli darajada tejashga yordam beradi, chunki baholar avtomatik ravishda beriladi, hech narsani qoʻlda tekshirishning, hisoblashning va jurnalga kiritishning hojati yoʻq. Ushbu jarayon eMaktab.Smart platformasida toʻliq avtomatlashtirilgan.
Oʻquvchilar uchun ham ishning elektron shaklda oʻtkazilishi foydali, chunki u baholarning toʻliq shaffofligini taʼminlaydi, natijalar esa vazifa topshirilishi bilan darhol chiqadi, qulay va zamonaviy format esa raqamli xizmatlar va platformalarda ishlash koʻnikmalariga asos boʻladi.
“Biz pedagoglarga vaqt va mablagʻni tejashga yordam beradigan zamonaviy texnologiyalarni integratsiyalash uchun yangi imkoniyatlarni ochamiz. eMaktab.Smart platformasi summativ ishlarni raqamli formatda yaratishga hamda baholash va tekshirish kabi koʻp vaqt talab etuvchi jarayonlarni qoʻlda bajarishni oldini olish imkonini beradi. Shuningdek, qogʻoz sotib olish zarurati va chop ettirishga pul ketkazishning hojati qolmaydi. Oʻquvchilar – Oʻzbekiston kelajagi, biz esa reallikka, shu jumladan, oʻquv jarayonida zamonaviy oliy taʼlim va biznes asoslarini shakllantiruvchi raqamli vositalardan foydalanishni oʻrgatishga moslashishimiz zarur. Bundan tashqari, raqamli format xato fikrlashni yoʻq qiladi va baholashning mutlaq shaffofligini kafolatlaydi”, - deydi eMaktab raqamli taʼlim resurslari loyihalari menejeri Sabina Yunusova.
Mezonli baholash tizimiga oʻtgan Oʻzbekistondagi barcha maktablar summativ ishlarini onlayn formatda oʻtkazishlari mumkin.
Elektron summativ ishlarni yaratish, berish, tekshirish bo‘yicha video yo‘riqnomalarni ko‘rish.
Summativ ishlarni qanday yaratish mumkin
Elektron BSB va ChSBlarni qanday berish mumkin
Elektron BSB va ChSBlar natijalarini qanday ko‘rish mumikin