O'zb

eMaktab’da blogerga aylaning!

  • 24 fevral 2025 da 19:00, Малика Реймбаева

O‘qituvchilar – o‘quvchilarga faqat bilim beruvchi ustoz emas, balki o‘z sohasining haqiqiy mutaxassislari hamdir. Endi Ozbekistonning barcha oqituvchilari oz bilimlari, metodikalari va goyalari bilan butun mamlakatdagi hamkasblari bilan bolishishlari mumkin. eMaktab platformasida yangi – «Jamoalar» bolimi paydo boldi. Bu yerda har bir pedagog oz shaxsiy blogini yaratib, boshqa oqituvchilarni ilhomlantirishi mumkin.

O‘qituvchilar o‘z jamoalarini yuritish orqali nimalarga ega bo‘ladi?

  • Shaxsiy blog – metodik ishlanmalar, dars ssenariylari va ijodiy topshiriqlarni taqdim etish imkoniyati.
  • Hamkasblar bilan muhokama qilish, maslahatlar olish va foydali materiallar bilan almashish imkoni.
  • Tashqaridan foydalanuvchilar kira olmaydigan xavfsiz va qulay muhit.
  • Attestatsiya va ochiq darslarni o‘tkazish bo‘yicha tajriba almashish maydonchasi.

Nima uchun aynan hozir jamoa yaratish kerak?

O‘qituvchi – asosiy muallif, u o‘z materiallarini o‘zbek yoki rus tilida taqdim etishi, tahrirlashi va izohlarni moderatsiya qilishi mumkin. Bu juda oson va tez bo‘ladigan jarayon: platforma intuitiv tushunarli qilib yaratilgan, jamoa yaratish uchun esa atigi bir necha daqiqa kifoya boʻladi. Jamoa-blogda o‘qituvchilar o‘z metodikalari, dars rejalari, ijodiy topshiriqlar ssenariylari bilan bo‘lishishlari, savol berishlari yoki yordam so‘rab murojaat qilishlari mumkin. Masalan, psixolog va logopedlar o‘quvchilar bilan muloqot qilish uchun o‘z maydonini yaratib, ijodiy topshiriqlar, rasmlar va fayllar yuklashlari mumkin.

Qanday boshlash mumkin?

Havola orqali kirib o‘z jamoangizni yarating.
Hamkasblaringizni taklif qiling – muhim mavzularni muhokama qiling, foydali materiallar bilan bo‘lishing. Bu yerda qanday taklif qilish kerakligi koʻrsatilgan.
Nashr etishni boshlang – bu yerda materiallarni qanday yaratish va bezatish bo‘yicha yo‘riqnoma berilgan.

Endi har bir o‘qituvchi blogerlikni sinab ko‘rishi, o‘z tajribasi bilan bo‘lishishi va eMaktab bilan birga raqamli kontent yulduziga aylanishi mumkin!

Yo‘riqnoma: Jamoa yaratish

Yo‘riqnoma: Jamoa sahifasida qanday ishlash kerak?

Yo‘riqnoma: Hamkasblarni jamoaga qanday taklif qilsa bo‘ladi?

 

 

<>Fevral 2025
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
27 28 29 30 31 01 02
03 04 05 06 07 08 09
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 01 02
03 04 05 06 07 08 09