O'zb

XTV tomonidan taqdim etilgan teledarslarga Kundalik tizimidan kirish imkoniyati mavjud

  • 31 mart 2020 da 11:37, Малика Реймбаева

Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi 30 martdan uchta televizion kanalda videodarslarni namoyish etishni boshladi.

OOO Uzdigital TV abonentlari quyidagi kanallarda darslarni koʻrish imkoniyatiga ega:

  • 1-4-sinflar uchun National Geographic kanalida;
  • 5-8-sinflar uchun Eurosport kanalida;
  • 9-11-sinflar uchun “Oxota i ribalka” kanalida.

Shuningdek, videodarslarni uzoq aholi punktlari uchun qoʻshimcha kanallar orqali yer usti sunʼiy yoʻldoshlari tomonidan uzatish yoʻlga qoʻyiladi.

Shu bilan birga, kabel IP-televideniye abonentlari Mediabay.uz kanalidagi televizion darslarini tomosha qilishlari mumkin.

Kundalik raqamli platformasi jamoasi sizga ushbu havoladagi ”Masofaviy taʼlim” boʻlimi materiallaridan foydalanishni taklif qiladi. Ushbu https://kundalik.com/soc/networks/n1000000032540https://kundalik.com/soc/networks/n1000000032540 manzilida “Fayllar” boʻlimiga yuklangan videodarslar bilan birga karantin davrida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi amaldagi zaruriy hujjatlar ham joylashtiriladi. Ushbu guruhni ixtiyoriy foydalanuvchi “Muloqot”-“Tarmoqlar” boʻlimiga oʻtib, topish mumkin.

Videodarslar, shuningdek,  TAS-IX tarmog'ida Xalq ta'limi vazirligi, YouTubening O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi kanalida va telegram kanalida https://t.me/uzeduonlinemaktab ham mavjud.

Xalq taʼlimi vazirligi har hafta www.uzedu.uz rasmiy veb saytida, onlayn-maktab taʼlim portalida va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida videodarslar jadvali toʻgʻrisida aholini xabardor qilib boradi.

<>Mart 2020
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
24 25 26 27 28 29 01
02 03 04 05 06 07 08
09 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 01 02 03 04 05