" Mening kelajakdagi kasbimni o'zim tanlayman"
Yangilash | Ko‘rishlarning | ||
---|---|---|---|
20 fevral 2023 |
1258 |
Kasb - kishining mehnat faoliyati, doimiy mashgʻuloti turi; muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab etadi.
Buyuk yozuvchilardan biri shunday degan edi: “Hayotda Siz uchun eng sevimli bo’lgan kasbni tanlab va Siz bir umr ishga bormaysiz”. Agar kishi o’z sevgan kasbida ishlayotgan bo’lsa u hech qachon har ertalab o’zini ishga ketayapman, deb hisoblamaydi. O’z sevgan kasbi bilan shug’ullanish kishiga zavq, xursandchilik, shijoat, rag’bat hamda ma’naviy ozuqa beradi. O’zi yoqtirgan ishni qilayotgan kishi vaqt qanchalar tez o’tib ketganligini sezmay qoladi, u hech qachon bajarayotgan ishidan charchamaydi.
Siz hozirgi yoshingizda kelajakda shug’ullanishingiz uchun kasb tanlayotgan bo’lsangiz, faqatgina bu kasbdan Sizga keladigan moddiy daromadni emas, balki undan olishingiz kerak bo’lgan ma’naviy ozuqani ham hisobga oling.
Siz kasbingizda jon saqlashingiz emas, balki yashashingiz kerak. Shundagina qilayotgan ishingiz Sizning haqiqiy sevimli kasbingiz hisoblanadi!