O'zb

Bolalar adabiyotida ma'naviyat

  Yangilash Ko‘rishlarning

12 aprel 2023

153

Bolalar adabiyoti — bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiyommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy qismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan oʻzbek xalqi Bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, oʻyin qoʻshiqlari, rivoyat, afsona, ertak, maqol, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga moʻljallab yaratilgan ogʻzaki ijod namunalaridan boshlanadi. Bolalar adabiyoti ni bevosita bolalarga moʻljallab yaratilgan va aslida bolalarga moʻljallanmagan boʻlsada, keyinchalik Bolalar adabiyotiga oʻtib qolgan asarlarga ajratish mumkin.

Bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyati — oʻzgaruvchan hodisa boʻlib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bogʻliq. Kitobxon yoshini hisobga olish Bolalar adabiyoti ning eng asosiy xususiyatlaridandir. Maye, maktabgacha yoshdagi bolalarda bu koʻrgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy koʻrinishdagi ziddiyatlariga asoslangan boʻlsa, oʻsmirlar uchun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi.

Bolalar adabiyoti ning yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan Bolalar adabiyoti da syujetga boʻlgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda ye.chilishini talab qiladi.

Sharq yozma adabiyotida "pandnoma", "mavʼizatnoma", "nasihatnoma", "axloq kitoblari" singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar Bolalar adabiyoti ning dastlabki namunalari hisoblanadi. Maye, Kaykovusning "Mavʼizatnomai Kaykovus" ("Qobusnoma"), Shayx Savdiyning "Guliston" va "Boʻston", Jomiyning "Bahoriston" asarlari shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida oʻzbek Bolalar adabiyoti ga kirib kelgan. Alisher Navoiyning "Hayrat ulabror", "Mantsh uttayr" va "Mahbub ulqulub" asarlari, Xojaning "Miftoh uladl" va "Gulzor", Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarlari esa oʻzbek Bolalar adabiyoti ning mumtoz namunalari boʻlib, pandnasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.

Bolalar adabiyoti ning shakllanishi deyarli barcha xalqlarda asosan maʼrifatparvarlik va maktabmaorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bogʻliq. Oʻzbek Bolalar adabiyoti ning barqarorlashuvi ham 19-asr 2 yarmi — 20-asr boshlaridagi maʼrifatparvarlik harakatiga borib taqaladi. Saidrasul Aziziy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza va boshqa oʻnlab maʼrifatparvarlarning "yangi usul" ("usuli jadidiya")dagi oʻzbek maktablari talabalari uchun yaratgan ellikka yaqin alifbo va oʻqish kitoblari oʻzbek Bolalar adabiyoti ning tom maʼnodagi yorqin namunalari hisoblanadi. Bolalar adabiyoti ga bolalar uchun maxsus yaratilgan asarlar sifatida qarash, uning oʻziga xos tamoyillarini belgilash 20-asr boshlariga xosdir.

Oʻzbek Bolalar adabiyoti jahon Bolalar adabiyoti ning ilgor anʼanalari taʼsirida rivojlandi. Jahon Bolalar adabiyoti ning nodir namunalari oʻzbek tiliga tarjima qilindi, "Gulliverning sayohatlari" (J. Svift), "Robinzon Kruzo" (D. Defo), "Tom togʻaning kulbasi" (BicherStou), "Soʻna" (E. Voynich) kabi jahon adabiyotining nodir asarlari oʻzbek bolalarning ham mulki boʻlib qoldi.

eMaktab ga kiring, sharhlar qoldirish uchun