O'zb

Profilaktik tadbirlar

  Yangilash Ko‘rishlarning

23 aprel 2025

2

            Yig`ilishni maktab direktori U.T.Sharipova  olib bordi va yig`ilish qatnashchilarini kun tartibidagi masala bilan tanishtirib o`tdi. Direktor yig`ilishda kun tartibidagi masala yuzasidan quydagi ma`lumotlarni aytib o`tdi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini yanada oshirish dolzarb vazifa sifatida namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmonining ustuvor maqsadlariga erishish, shuningdek, mas’ul davlat organlari va tashkilotlarining respublika mahallalarida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyatini 2025-yilda sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor belgilangan.aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni hal etishga mahalla faollarini keng jalb etib borish,mahallalar jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga har qanday tajovuzlarning oldini olish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga o`quvchilarni ta`lim olishiga, maktabda o`z vaqtida kechikmasdan kelishlari, o`quvchilarni telefondan foydalanishlari haqida o`z fikrlarini bayon qildi.

eMaktab ga kiring, sharhlar qoldirish uchun