Ota-onalarga
Yangilash | Ko‘rishlarning | ||
---|---|---|---|
1 mart 2021 |
10421 |
OTA-ONALAR FARZANDLARINING MUNTAZAM RAVISHDA MAKTABGA KELISHLARINI TA’MINLASHI SHART
«Ta’lim to’g’risida»gi Qonunning 51-moddasiga muvofiq (https://lex.uz/docs/5013007) voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolalarining umumiy o’rta, o’rta maxsus ta’lim yoki boshlang’ich professional ta’lim olishini ta’minlashi, bolalarining o’quv mashg’ulotlariga qatnashishini ta’minlash va o’zlashtirishi ustidan nazoratni amalga oshirishlari shart.
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 47-moddasiga muvofiq (https://lex.uz/docs/97664) ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi 245 ming so’mdan 1 mln 225 ming so’mgacha jarima solishga sabab bo’ladi.
Ushbu huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, 1 mln 225 ming so’mdan 2 mln 450 ming so’mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Bolalarning majburiy umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to’sqinlik qilish 2 mln 450 ming so’mdan 3 mln 675 ming so’mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, 3 mln 675 ming so’mdan 6 mln 125 ming so’mgacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo’ladi.
Shuningdek, ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o’z xizmat vazifalarini bajarishiga to’sqinlik qilish fuqarolarga 1 mln 225 ming so’mdan 1 mln 715 ming so’mgacha, mansabdor shaxslarga esa 1 mln 715 ming so’mdan 2 mln 450 ming so’m miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, fuqarolarga 1 mln 715 ming so’mdan 2 mln 450 ming so’mgacha, mansabdor shaxslarga esa, 2 mln 450 ming so’mdan 3 mln 675 so’mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.