O'zb

69-umumiy o`rta ta`lim maktabi tarixi

  Yangilash Ko‘rishlarning

23 fevral 2024

142

Sho`rchi  tumanidagi  69-umumiy  o`rta ta`lim  maktabi 2019 yilda tashkil etilgan.Maktab Sho`rchi tumanidagi  39-umumta`lim  maktabidan ajralib  chiqqan. Maktabning  direktori  Hayitov  Xursandqul  Isayevich,ma`naviy-ma`rifiy ishlar  bo`yicha direktor  o`rinbosari  lavozimida 2019-yildan 2021-yilgacha Xodjamqulov Bobonazar Abdunazarovich ishlagan.2021-yildan hozirgi  davrgacha bu  lavozimda Mamashayev  Ortiq  Nuraliyevich ishlab  kelmoqda.2019-yilda o`quv-tarbiyaviy  ishlar  bo`yicha direktor  o`rinbosari lavozimida Bekqulov  Anvar Musurmonovich ishlagan.2021-yildan 2023-yilgacha O`TIBDO` bo`lib Xodjamqulov  Bobonazar Abdunazarovich,2023-yilning aprel  oyida bu vazifani Nurmamatov  Abdulaziz Abduolimovich bajarib  kelmoqda.

    Maktabning  amaliyotchi - psixologi bo`lib, 2019-2020 o`quv  yilida Bobonazarov  Hakim,2021-2022 o`quv  yilida Mamatqulov Absalov,2023-yilda Bozorov Farxod ishlagan. Maktabning CHQBT rahbari bo`lib, 2019-2022 yillarda Tojiyev  Bekmirza,2022-yildan hozirgi  vaqtgacha Ishmatov  Xolmamat Yaxshiboyevich  ishlab  kelmoqda. Yoshlar  yetakchisi bo`lib,2019-2020 o`quv  yilida Toshmurodov  Safarali,2021-2022 yillarda Nuraliyev  O`rol Ortiqovich ishlagan. Maktabda targ`ibotchi vazifasida Nuraliyev  Dilmurod Aliyevich ishlagan.

   Hozirgi  kunda maktabda 21 ta sinf mavjud  bo`lib,ularda 381 nafar o`quvchilarga 39 nafar pedagog ta`lim-tarbiya berib  kelmoqda. Pedagog-o`qituvchilarning 6 nafari oliy toifali,15 nafari birinchi toifali,9 nafari ikkinchi toifali va 9 nafari mutaxassis toifasidagi o`qituvchilardir. 

 

eMaktab ga kiring, sharhlar qoldirish uchun