Maktab tarixi
Yangilash | Ko‘rishlarning | ||
---|---|---|---|
26 may 2021 |
1270 |
Mirishkor tumani 16- sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi tarixi haqida ma`lumot .
Mirishkor tumani 16- sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi.
Maktab uzluksiz talimning asosiy bo`g`ini bo`lib u o`quvchi yoshlarga I -IX sinf hajmida davlat ta`lim standartlari asosida umumiy o`rta ma`lumot beruvchi kunduzgi ta`lim muassasasidir.
Maktab 1978 yil Nishon tumanidagi Karl Marks xo`jaligi (hozirgi Qovchin xojaligi) 6 - fermanisining cho`pon bolalarni o`qitish uchin hozigi G`ofur G`ulom nomli qarako`lchilik jamoa shirkatining Hachcha mahallasida kompileklashtirilgan sinf shaklida ochilgan bo`lib unda jami 10 – 15 nafar o`quvchilar bo`lgan ularga Hamraeyv Yo`ldosh, Choriyev Panji o`qituvichilik qulganlar .
Ta`lim muassasasi 1979 yil Nishon tumani qarashli G`ofur G`ulom nomli qorako`lchilik xo`jaligining tashkil etilishi munosibati bilan hozirgi Avazcho`l qishlog`ida , 1980 yil 8- sonli A Navoiy nomli maktab oshildi. 8 ta sinfli kompileklashtirilgan maktab bo`lib , unga rahbar etib Ro`zmamedov Javlon tayinlanadi. 35 - 40nafar o`quvchi o`qigan. Ilk maktabga o`qituvchilari Hamraeyv Yo`ldosh, Choriyev Panji, Norboyev Bo`ta, Yormatov Muqumlar dars berganlar. Maktabga 1980 – 1983- yillarda Ro`zmamedov Javlon direktor bo`lib ishlagan.Maktab oddiy kottej uylarning birida ishlay boshlagan.
1983 yil Usmon Yusupov tumaniga G`ofur G`ulom xo`jaligi o`tishi munosibati bilan 8 - sonli A Navoiy nomli maktab ham shu tumanining X T Bo`limiga o`tdi . Nomi o`zgarib Abdulla Nabiyev nomli 18 -sonli maktabga aylantirrildi. Maktab direktori etib Norboyev Maxmarajab tayinlanadi. Cho`l hududi bo`lganligi sababli maktabga yullanma bilan Aliqulov Yormamat , Jabborov O`ral , Allayorova Uljon va boshqa yosh o`qituvchlar ish boshlaydilar.1986 yil maktab moslashtirilgan yangi 14 sinfxonali 250 nafar o`quvchi mo`ljallangan binoga ko`chib o`tadi .Sport maydonchasi va oshxona ham qurib berilladi.
1986- 1990 yillarda maktabga’’O`zbekiston xalq maorifi a`lochisi’’ To`gan G`aybullayev maktab derektor bo`lib ishlaydi.
1990- 1993 yillarda maktabga Hasan Yodgorov maktab derektor bo`lib ishlaydi.
1993 -2017 yil maktabga To`gan G`aybullayev maktab derektor bo`lib ishladi.Shu yillarda Ro’zmamedov J , Xolov H, J Eyberdiyev,, A Eshonqulov, I Sattorova , S Norboyev ,N Shomatov O’I BDO’ lavozimlarida ishlaganlar.
MMIBDO’ lavozimida esa R Norboyev,T Qarshiyev, N Bozorov, J Eyberdiyev, Ch Shomatov,S Qabulova ,X Murodov , R Yodgorovlar ishlaganlar.
2017 yildan Norboyev Sayfiddin maktab derektor bo`lib ishlab kelmoqda.
1994- yilda maktab xozirgi binosiga ko`chib o`tadi. 410 nafar o`quvchiga mo`ljallangan zamonoviy maktabdir. Unda 2 ta labarotriya, 1ta kompiyuter xonasi, kutubxona mavjud. Bundan tashqari chet tili ona tili, matematika, tarix xonalari ham bor. 2003 –yil yanvarida mirishkor tumani tashkil etilish munosabati bilan 16- maktab deb nomlandi.
Hozirgi kunda maktabda 36 nafar o`qituvchi 385 ta o`quvchiga ta`lim tarbiya berib kelmoqda.
Maktab 11-sinf o`quvchisi Norboyev Sayfiddin 1995 yil ‘O`zbekiston vatanim manim’ tanlovida tuman terma jamoasida qatnashib, Qashqadaryo viloyatda 1- o`rinni egalladi. Undan tashqari o`quvchilar tuman va viloyat olimpiyada va bilimlar bellashuvida yaxshi natijalarni ko`rsatmoqdalar.
Maktab o`qituvchilaridan Norboyev Sayfiddin “Yil o`qituvchisi “ ko`rik tanlovida 2007 yil Мilliy istiqlol g`oyasi va manaviyat asoslari fanidan 3 o`rin olgan. 2014 yil “Yilning eng yaxsh fan o`qitivchisi” ko`rik tanlovida geografiya fani o`qituvchisi Jabborov Jamshid viloyat
bosqichida qatnashdi.2015 yil tarix fani o`qituvchisi Norboyev Sayfiddin “Yilning eng yaxsh fan o`qitivchisi” ko`rik tanlovida viloyat bosqichida qatnashib 3- o`rin oldi.
Maktabni tugatgan o`quvchilarning aksariyati ichki ishlar va harbiylashgan sohada ishlamoqda.Maktab tumanda eng yaxshi maktablar qatorida turadi.
2017 yil 9- sinf o’quvchisi Sherov Serob tarix fanidan viloyat olimiyadasida 3 o’rin egalaydi.
2018 yil 9 - sinf o’quvchisi Boyturayev B tarix fanidan viloyat olimiyadasida 3 o’rin egalaydi.
Maktabda 2020 -2021 o‘quv yilida 385 nafar o‘quvchi dan 184 nafari qiz bolalardir. 36 nafar o‘qituvchi va xodimlar ta’lim berib kelmoqda. SHundan oliy toifa 2 nafar, 1 toifa 5 nafar, 2 toifa 10 nafar , 14 nafar mutaxaasis ishlamoqda
O‘tgan o‘quv yilida maktabni 32 nafar o‘quvchi bitirdi . O‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga kirdi, o‘quvchilarimizdan 3 nafari oliy ta’lim muassasalariga kirdi. Bular Ruziqulov Omon, Uralov Kurbonali, Gulomov Xushnutlardir.Qozog‘iston respublikasiga Xolmanov U , Xidirov Murod kirdi.
Shu holatlarni inobatga olib kerakli mutaxassislarni 9 nafarini o‘quv yili boshlanishi ishga qabul qilindi .
YAngi kompyuter xonasida jamlanmasi 18 +1 shaklida 2019 - 2020 o‘quv yilidan ish boshladi. Bu xonada yangi proektor va yangi elektron doskalar mavjud.
2019 -20 yil o‘qituvchilarimiz mart – iyun’ oyidagi attestatsiya jarayonida 2 nafar oliy toifa Eberdiev DJura rus tili , Djabborov Jamshit geografiyadan fanidan , 4nafar o‘qituvchi G‘aybullaev To‘g‘on rus tili ,Norboev Sayfiddin tarix, Mavlonova Saboxat , Panjieva Sabohat bashlang‘ich bo‘yicha 1 toifa , 2 nafar 2 toifani jismoniy tarbiya fanidan Millieva Dilrabo, Kenjaev A boshlang‘ich bo‘yicha Ochilova Mohiralar toifa sertifikatlarni olishga muyassar bo‘ldilar.