"Bir million o'zbek dasturchilari" loyihasiga a'zo bo'ling va kelajak kasbini egallang!
Yangilash | Ko‘rishlarning | ||
---|---|---|---|
27 noyabr 2021 |
133 |
“One million uzbek coders” (“Bir million oʻzbek dasturchilari”) – uzbekcoders.uz maxsus onlayn portali yordamida quyidagi 4 ta yoʻnalish boʻyicha istagan kishiga IT mutaxassisliklarini mutlaqo bepul oʻrganish imkoniyatni beruvchi platforma:
Maʼlumotlar tahlili (Data analysis)
Android ilovalar (Android)
Front-End
Full-Stack.
Loyiha maqsadi: “Bir million oʻzbek dasturchilari” loyihasi doirasida Udacity platformasini distansion (masofadan turib) oʻqitish metodologiyasini umumtaʼlim maktablarida joriy etish.
Maktab oʻquvchilari uzbekcoders.uz platformasida mustaqil ravishda materiallarni oʻrganadi, vazifalar va laboratoriya ishlarini bajarishadi.
Umumiy kurs 120 soatlik oʻqishga moʻljallangan. Har bir bosqich yakunida laboratoriya ishi topshiriladi va tegishli sertifikat olinadi. Eng sara kurs bitiruvchilari grant uchun kurashishlari va Udacity platformasidagi Nanodegree dasturida oʻqish imkoniyatiga ega boʻlishlari mumkin. Buning uchun yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli tugallashi va eng yuqori ballar bilan Top-150 talik ishtirokchilar roʻyxatiga kirish zarur. Nanodegree diplomlari axborot texnologiyalari sohasidagi yirik kompaniyalar Google, AT&T, Autodesk, Salesforce va boshqalar tomonidan tan olinadi.
Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi va IT Park tomonidan “Dubai Future Foundation” bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.