O'zb

1-oktabr ustozlar kuni

  Yangilash Ko‘rishlarning

9 noyabr 2023

31

 “Tasdiqlayman”

  Maktab direktori______S.Valiyev                            

                                                                     30 sentabr 2023 yil

 

Qiziriq tuman 19-umumiy o’rta ta’lim maktabida 1 oktyabr “O’qituvchilar va murabbiylar” kuniga bag’ishlangan  tadbir

 

   Axboroti

         2023 yil 30 sentyabr kuni 19-umumiy o’rta ta’lim maktabida “O’qituvchilar va murabbiylar” bayramiga bag’ishlab tadbir bo’ib o’tdi.

         Yig’ilishda barcha o’qituvchilar hamda o’quvchilar, mahalla faollari nuroniy oqituvchilar hamda  ota-onalar ishtirok etishdi.

         Bayram tadbirini maktab direktori ochiq deb e’lon qildi va ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi.

         Shundan so’ng ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari H.Qoraqulov so’zga chiqib “O’qituvchilar va murabbiylar”kuni bilan  tabriklab, o’z fikr va mulohazalarini aytib o’tdi. Mahalla faollaridan ota-onalar so’zga chiqib o`qituvchilarni bayram bilan tabriklab, o’zlarining fikrlarini aytib o’tdilar. Maktab til-adabiyot fani o’qituvchisi R.Mengliqulova so’zga chiqib,  yig’ilishda o’z so’zlarini va bayram tabriklarini aytib o’tdi. Maktabimiz faxriy o`qituvchilaridan  M.Djangirov bayramga taklif etildi va  tabrik so’zi berildi o`qituvchilarimizni samimiy tilaklar bilan tabrikladi va o`quvchilarga dars tayyorlashi va kelajakda o`qimishli bo`lish kerakligini bilimli kishi hor bo`lmasligini takidladi va ularga maktab ma`muriyati va o`quvchilar tomonidan sovg`alar berildi. Shundan so`ng maktabimizning 1-sinfidan 11-sinfigacha tabriklar va ustozlar haqida she`rlar aytish navbati berildi, tadbirimiz davomida o`quvchilarimiz tomonidan samimiy tabriklar va ustozlar haqida aytilgan she`rlardan barcha mehmonlar hamda o`qituvchilar mamnun bo`lishdilar.

Maktabimiz o`quvchilari “O`qutuvchilar va murabbiylar” bayramiga bag`ishlab devoriy gazenalar chiqarishdi va har biriga tanlov asosida ekispert guruhlari baholar berishdilar.

2-qism:   Maktabimiz  8-9-10 sinflar, musiqa to’garagi va talandli o`quvchilarning qo`shiq, raqs hamda sahna ko`rinishlari bilan bayram tadbirini davom ettirishdi. Ota-onalar, o`qituvchilar va barcha yig`ilish qatnashchilari maktab o`quvchilarining chiqishlari ,qo`shiq va raqslarini juda maroq bilan ko`rib a`lo baholar bilan tariflashdilar.

Yakuniy qism: Maktabimiz bilimli o`quvchi yoshlari bugungi bayram tadbirini juda yaxshi bilim va hulqi bilan o`tkazishdilar bundan biz maktab ma`muriyati juda xursandmiz, bizning maktab yoshlarimiz Vatanimiz ravnoqiga hissa qo`shadigan yoshlar bo`lishiga ishonamiz.

  

M.M.I.B.D.O`.bosari:                                 H. Qoraqulov

eMaktab ga kiring, sharhlar qoldirish uchun