O'zb

otalar yig'ilishi

  Yangilash Ko‘rishlarning

28 oktabr 2023

730

                                                                                                     “TASDIQLAYMAN”

                                                                                                        19-umumta’lim  maktabi

                       direktori:        S.Valiyev

 

Qiziriq tuman 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida otalar

 yig‘ilishi

B A Y O N N O M A S I 

2023-yil 28-oktabr                                                                                            “Gulobod” mahallasi.                                                                     

   Yig‘ilish raisi:                                                                        S.Valiyev

 Yig‘ilish kotibi:                                                                   X.Qoraqulov.

Qatnashdilar: Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari X.Qoraqulov, o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari U.Hamrayev, sinf rahbarlari hamda 35 nafar otalar.

KUN  TARTIBIDA:

1.     O‘quvchilarning maktabga kelish-ketishi davomat masalalari, o‘quvchilarning kiyinish madaniyati.

2.     Bitiruvchi 10-11-sinf o‘quvchilarining kasb-hunar maktablari va oliy o‘quv yurtiga kirishi

3.     2023-yil 31-avgustdagi Maktabgacha va Maktab Ta’limi Vazirligining 282-sonli buyrug`iga ko`ra “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ichki tartib va odob ahloq qoidalari” yangi tahririni muhokama qilish.

____________________________________________________________

(                S.Valiyev,              X.Qoraqulov,              U.Hamrayev               )

    Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan maktab direktori S.Valiyev va so‘zga chiqib, ular  o‘z so‘zlarida Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligining “Umumta’lim muassasalaridagi mashg‘ulotlarga sababsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan o‘quvchilarni aniqlash, hisobini yuritish va ta’limga jalb qilish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida maktablarda chora-tadbir belgilangan. Maktab o‘qituvchi, ota-onalar va o‘quvchilar jamoasiga yetkazilgan. Ushbu buyruq asosida maktab ma’muriyatida o‘quvchilar davomatiga doir ma’lumotlar har kuni olinadi va davomat daftariga umumlashtirilgan holatda qayd etiladi.

 Farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi sababsiz farzandlarini darsdan olib qoladigan, farzandlarini o‘qishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratmayotgan ota-onalarga o‘z vaqtida doimiy tushuntirish ishlari olib borilayotganligi hamda ularga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan majburiyatlari haqida yana bir bor to‘xtalib o‘tildi.

         Navbatdai masala yuzasidan maktab O‘IBDO‘ U.Hamrayev  so‘zga chiqib, u o‘z so‘zida bugundan boshlab o‘quvchilarning mustaqil ishlashini va izlanishini ta’minlash uchun ularga fanlardan beriladigan uy vazifalariga mavzuga oid darslikda qayd etilmagan qo‘shimcha adabiyotlar yoki boshqa manbalar asosida tayyorlashlarini va uy vazifalarining bajarilishi bo‘yicha o‘qituvchilardan ota-onalar bilan hamkorlikda qat’iy ravishda kundalik nazorat o‘rnatishini talab qilaman.

       Shundan so‘ng 3-masala yuzasidan  maktab MMIBDO‘ X.Qoraqulov quyidagilaeni aytib o’tdi.  2023-yil 31-avgustdagi Maktabgacha va Maktab Ta’limi Vazirligining 282-sonli buyrug`iga ko‘ra “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ichki tartib va odob ahloq qoidalari” yangi tahririni yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi.

  Maktabimizning tuman yoki hudud miqyosida o‘tkazilayotgan fan olimpiada yoki turli tanlovlardagi o‘rinlarimiz sezilarli ekanligi. Iqtidorli o‘quvchilarmizni qiziqishlaridan kelib chiqib ularning qiziqishlarini rag‘batlantirib borishimiz, ularning qiziqishi va iqtidorini namoyon etishlariga shart-sharoitlar yaratishimiz kerak.  Yo‘nalishda ishlarni samarali tashkil etishda albatta, Siz ota-onalar bilan yaqin hamkorligimiz yanada asqotadi.

Kun tartibidagi malalar bo‘yicha yig‘ishda ishtirok etgan otalardan U.Murodov o‘z so‘zida o`quvchilarning odob axloqi, ta’lim tarbiyasi haqidagi fikrlarini yig‘ilish ishtirokchilariga bildirib o‘tdi

QAROR  QILADI:

1. Yig‘ilishdagi ma’ruzachilarning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Maktab MMIBDO‘ X.Qoraqulov va barcha sinf rahbarlariga:

- o‘quvchilar davomati va uni yanada yaxshilash;

- ota-onalar va ta’lim muassasa hamkorligi hamda uni yanada mustahkamlash vazifalari topshirilsin.

 - “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” yuzasidan doimiy tushuntirish ishlari olib borish.

3. Maktab O‘IBDO‘ U.Hamrayev va barcha fan o‘qituvchilariga:

  - maktabda o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, muammolar va yechimini topish;

- dars jarayonlarining tashkil etilishi, mavjud muammolar va ularning yechimini yechish;

- ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning natijadorligi, yaxshilash bo‘yicha takliflarni o‘rganish vazifalari yuklatilsin.

- maktab bitiruvchi o‘quvchilarining oliy o‘quv yurtiga kirishi uchun barcha chora tadbirlarni ishlab chiqish.

4. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

 

 

            Yig‘ilish kotibi maktab MMIBDO‘:                               X.Qoraqulov.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                                                                   

eMaktab ga kiring, sharhlar qoldirish uchun