Maktab tarixi
Yangilash | Ko‘rishlarning | ||
---|---|---|---|
9 sentabr 2024 |
173 |
38-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Farg‘ona viloyati Furqat tumani Katta yangi mahalla fuqarolar yig‘ini xududi Olatoy qishlog‘i Visol ko‘chasi 51 uyda joylashgan. 2022-yil qurib bitkazilgan va 2-avgust kunidan faoliyatini to‘liq boshlagan. Ushbu maktab 1-sektor tuman xokimi sektori)ga kiradi. Ta’lim turi o‘zbek tili bo‘lib, 290 o‘quvchi o‘rniga ega. Bugungi kunda 180 nafar o‘quvchi yoshlar ta’lim olmoqda. Jami sinflar soni 10 tani tashkil etadi. Maktabda ta’lim bir smenada olib boriladi. 2022-2023-o‘quv yilida 19 nafar bitiruvchilardan 3 nafari (15 oliy ta’lim muassasalariga, 2 nafari texnikumga o‘qishga kirgan bo‘lsa, 2023-2024-o‘quv yilida 19 nafar bitiruvchilardan 8 nafari oliy ta’lim muassasalariga, 3 nafari texnikumga o‘qishga kirgan.
Maktabda 32 nafar pedagog xodimlar faoliyat olib bormoqda. Shundan oliy ma’lumotli 24 nafarni, o‘rta maxsus ma’lumotli 1 nafarni tashkil etadi. Oliy toifali 3 nafar, 1-toifali 2 nafar, 2-toifali 9 nafar va 9 nafar mutaxassisdan iborat.
Maktabda o‘quvchilar uchun fan xonalari (informatika, ingliz tili, texnologiya) mavjud. Informatika xonasida 16 ta kompyuter ish faoliyatida va barchasi internet tarmog‘iga ulangan.