Alexa tahliliy portalining ma'lumotlariga ko‘ra, aprel oyida www.kundalik.com platformasi O‘zbekistonning eng ommabop saytlari uchtaligida o‘rin oldi. Reyting kunlik saytlardagi tashriflar haqidagi ma'lumotlar va oxirgi oy uchun sahifalar ko‘rilishi haqidagi axborot asosida tuzilgan.
Xususan, 2020 yil aprel' oyida o‘qituvchilar Kundalik tizimiga 33 mingdan ortiq baho va 1,9 mln.dan ziyod uy vazifasini kiritgan. Foydalanuvchilar saytda kuniga o‘rtacha 30 daqiqadan ko‘p vaqt o‘tkazgan, bu ularning Alexa reytingi yetakchilari bo‘lgan Google va YouTube portallariga sarflagan vaqtdan qariyb 3 baravar ko‘p.
May oyida Kundalik platformasiga kunlik tashriflar soni mart oyi bilan solishtirganda 5,3 baravarga, ya'ni 160 mingtagacha oshgan.
«Masofaviy ta'limga o‘tish, o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-onaning yagona o‘zaro aloqa vositasini topishga turtki bo‘ldi. Avvaliga ko‘pchilik bilimlarni nazorat qilish, baholash va muloqot qilish uchun messenjerlardan foydalanishga harakat qilib ko‘rdi, ammo bu samarasiz bo‘lib chiqdi, chunki ularda yuqoridagi maqsadlar uchun zarur bo‘lgan vositalar to‘plami yo‘q. Mana shu yerda Kundalik yordamga keldi – bu tashriflar haqidagi ma'lumotlarda aniq ko‘rinadi.
Har kuni bizga ulanish uchun nafaqat poytaxt maktablaridan, balki hududiy maktablardan ham yangi arizalar kelmoqda. Ularning hammasiga tezkor ishlov beriladi, tegishli texnik jihozlanishga ega maktablar Tizimga ulanadi, xodimlar uchun onlayn-ta'lim o‘tkaziladi», – deydi Kundalik tizimining Qo‘llab-quvvatlash xizmati rahbari Hilola Izzatova.
Xususan, aprel' oyida va may oyi boshida tizimga Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi maktablar ulangan edi. Ayni damda Qashqadaryo va Samarqand maktablarining pedagoglari uchun onlayn-o‘qitish ishlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, www.kundalik.com sayti TAS-IX zonasida joylashgan. Karantin davrida Mobiuz, Ucell, UZTELECOM mobil operatorlarining abonentlari saytimizdan va boshqa ta'lim resurslaridan mobil internet trafigini sarflamasdan foydalanishlari mumkin.