O'zb
eMaktab platformasi yangilandi: 2025-2026-o‘quv yili boshlanishiga yangi xizmatlar ishga tushirildi
Kecha

2025-2026-o‘quv yili boshlanishiga, eMaktab platformasi ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari uchun byurokratik yuklamani avtomatlashtirish va kamaytirishga qaratilgan yangi imkoniyatlar taqdim etdi. Yangilanishlar o‘qituvchilar ishini yanada qulay va sodda, ta’limni esa yanada samarali qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-fevraldagi "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi O‘RQ-901-sonli Qonunida o‘qituvchilarga qo‘yiladigan yangi kasbiy talablar belgilangan. Ushbu qonunning 7-moddasiga ko‘ra, pedagog "axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, ta’lim va tarbiyaning ilg‘or va innovatsion shakl hamda usullaridan foydalanishi shart”. Shu tarzda, zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish o‘rnatilgan me’yorga aylanmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga javoban eMaktab raqamli platformasi o‘qituvchilarni yangi kasbiy vazifalarni bajarishda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangilangan yechimlarni taqdim etdi.

- MMTVdan tayyor rasmiy taqvim-mavzu rejalari - o‘quv yili uchun tuzilgan namunalar bo‘lib, ular o‘qituvchilarni hujjatlarni qo‘lda tayyorlash zaruriyatidan xalos etadi. Ularni faqat yuklab olish va shu zahoti ishda qo‘llash kerak bo‘ladi.

- 5-11-sinflar uchun matematika fanidan diagnostik onlayn testlar – o‘quvchilar bilimini tekshirish, mavzular bo‘yicha tahlil qilish va tuzatish bo‘yicha tavsiyalarga ega to‘liq avtomatlashtirilgan modul. O‘quv yili boshida o‘quvchilar bilimini tekshirish uchun ushbu vosita bilimdagi bo‘shliqlarni aniqlashga va oldingi sinf mavzulari qanchalik o‘zlashtirilganligini aniqlashga yordam beradi. O‘qituvchilar uchun yo‘riqnoma . O‘quvchilar uchun qo‘llanma.

O‘qituvchilar uchun "Sayt-shpargalka" – platformaning barcha funksiyalari bilan ishlash bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalar.

Maktab ma’murlari uchun sayt yangi o‘quv yiliga moslashtiriladigan funksiyalarning bosqichma-bosqich tavsifi bilan.

- eMaktab’dagi raqamli uy vazifalari bu taqvim-mavzu rejalarga mos keladigan va tizim tomonidan avtomatik ravishda tekshiriladigan onlayn topshiriqlardir. Bu o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun baholash jarayonini osonlashtiradi. Matematika fanidan tayyor topshiriqlar 5-11-sinflarda mavjud.  Raqamli uy vazifalarini yaratish bo‘yicha yo‘riqnomalar.

- BSB va ChSB trenajyorlari - noyob trenajyor tizimi haqiqiy imtihonlarga maksimal darajada samarali tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi, bu esa imtihon vaziyatining to‘liq taqlidini yaratadi. Bu orqali o‘quvchilar sinovdan stresssiz o‘tishlari va ishonch bilan yuqori ball olishlari, BSB va ChSBlarni topshirish paytida o‘zlarini har qanday vaziyatga tayyor his qilishlari mumkin. Trenajyorarni ochish

Mezonli maktablarda BSB va ChSB uchun ballarni avtomatik qo‘yish funksiyasidan allaqachon faol foydalanilmoqda. Pedagog ishlarni qo‘lda tekshirishi shart emas – tizim ballarni avtomatik ravishda hisoblaydi va ularni elektron jurnal bilan sinxronlashtiradi. Bu ish vaqti soatlarini tejash va inson omilini qisqartirish imkonini beradi. Bu pedagoglar uchun yo‘riqnomalarda ham mavjud.

eMaktab.Bonus sodiqlik dasturi

Baholash ballari - oila uchun haqiqiy chegirmalar

Yangi eMaktab.Bonus, bonusli sodiqlik dasturi ishga tushirilmoqda, u maktab o‘quvchilarini yaxshi va a’lo baholar uchun rag‘batlantiradi. O‘qishdagi yutuqlar uchun e.So’m ballari beriladi – bu "eMaktab.Bonus" dasturining bonus ballari bo‘lib, to‘lov vositasi hisoblanmaydi. e.So‘mni hamkorlardan – ko‘ngilochar va onlayn xizmatlardan tortib do‘konlar va oziq-ovqat yetkazib berishgacha – chegirmali elektron promokodlarga almashtirish mumkin. Bola e.So’m ga aylanadigan baholarni oladi, keyin ularni hamkorlardan sovg‘a yoki chegirma olish mumkin bo‘lgan promokodga almashtirish mumkin. Bonus dasturi eMaktab PRO obunasi egalari va eMaktab sayti/ilovasi orqali Hamkorbank bank kartasini rasmiylashtirganlar uchun mavjud. Aksiya shartlari va hamkorlar ro‘yxati bu yerda berilgan.

Hozircha bonusli dastur faqat Toshkent, Samarqand, Urganch foydalanuvchilari uchun amal qiladi.

"Har o‘quv yilida biz eMaktab platformasida kengaytirilgan raqamli yechimlar to‘plami bilan tanishamiz. Dasturiy yangilanishlar nafaqat o‘qituvchi va o‘quvchilarga, balki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining yangi me’yorlariga muvofiq maktab jarayonlarini samarali tashkil etishga qaratilgan. Bizning asosiy vazifamiz – zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda pedagog uchun qulay, tushunarli ish sharoitlarini yaratishdan iborat. Ko‘plab jarayonlar avtomatlashtirilgani bois eMaktab vositalari o‘qituvchilarga kundalik vazifalarni bajarishda vaqtni sezilarli darajada tejash imkonini beradi," – deb ta’kidlaydi eMaktab matbuot xizmati rahbari Malika Reymbayeva.

Ma’murlar uchun shpargalka saytiga o’tish

O‘qituvchilar uchun shpargalka saytiga o‘tish

Rasmiy eMaktab ijtimoiy tarmoq kanallari:
 Telegram kanali | Instagram | Facebook | YouTube