O'zb
Endi avvalgidek boʻlmaydi: Oʻzbekiston maktablari anʼanaviy imtihonlardan voz kechadi
13 noyabr 2024

Toshkent maktablarida birinchi chorak tugatildi va odatiy yakuniy nazorat ishlari oʻrniga onlayn-rejimda CHSBlar oʻtkazildi.  

Onlayn CHSBlar raqamlarda

Bu yil Oʻzbekistonda ilk marotaba maktab imtihonlari onlayn formatda boʻlib oʻtdi. Ushbu qadam oʻrta taʼlim sohasida chinakam yutuqqa aylandi. Mamlakat boʻylab 400 dan ortiq maktablar va 100,000 dan ortiq oʻquvchilar imtihonlarni onlayn tarzda topshirdi. Natijada 350 mingdan ziyod baho chiqarilib, 300 ming varaq qogʻoz tejaldi, shuningdek tipografiya xarajatlari ham butunlay kamaytirildi. Onlayn CHSB oʻtkazish davrida eMaktab jamoasi maktab xodimlari va ota-onalar uchun telefon, Zoom va Telegram orqali 3000 dan ortiq javoblarni taqdim etdi.

Shuningdek, onlayn-CHSB natijalari boʻyicha maktab oʻqituvchilari va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosarlari uchun qayta aloqani shakllantirish, qiyinchiliklarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha bir qator seminarlar oʻtkazildi. Bunday qayta aloqani shakllantirish jarayoni keyingi onlayn-imtihonlardagi xatolarni kamaytirishga yordam beradi.

Afzalliklar

Onlayn imtihonlar birinchi marta oʻtkazilganiga qaramay, uning ijobiy natijalari ancha sezilarli. Bu oʻqituvchi uchun juda katta vaqtning tejalishi, sababi baholar avtomatik ravishda beriladi, hech narsani qoʻlda tekshirish, hisoblash va jurnalga kiritishning hojati yoʻq. Ushbu jarayon eMaktab.Smartʼda toʻliq avtomatlashtirilgan. CHSBlarning elektron formati oʻquvchilar uchun baholarning toʻliq shaffofligini taʼminlaydi, chunki natija ish topshirilgandan soʻng shu zahoti koʻrinadi, oʻqituvchining baholashga taʼsiri kamaytiriladi, qulay va zamonaviy format raqamli xizmatlar va platformalar bilan ishlash koʻnikmalariga asos boʻlib xizmat qiladi.

Ota-onalar imtihon savollariga javoblarni onlayn CHSB oʻtkazilganidan 24 soat oʻtgach koʻrishlari mumkin, bu esa koʻchirish ehtimolini kamaytiradi. Javoblar tahlili bola tomonidan qaysi mavzular yetarlicha oʻzlashtirilmaganligini tushunishga va bilimni oshirishga yordam beradi.

Pedagoglar fikri

Maksim Zemlyak, Toshkent shahri 158-sonli maktab ma’muri

«Bir qancha oʻqituvchilar elektron onlayn CHSB imtihonlarining bir qator afzalliklarini tushunib yetmoqda. Oʻqituvchi test savollarini tuzishi, ularni qoʻlda Wordda yozib chiqishi shart emas. Keyin esa savollarni chop etib, barcha ishlarni tekshirishining hojati yoʻq. Bundan tashqari, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari oʻquvchilarning bilimlarini maktab sinflari boʻyicha fanlar kesimida koʻrishi mumkin».

Xonqa tumani 11-sonli maktabning pedagoglar tarkibi:

«Bu vaqt ichida koʻplab hissiyotlarni boshdan kechirdik: bolalarning koʻz yoshlari va ota-onalarning apellyatsiyaga berishlaridan tortib bolalarning quvonch toʻla fikrlari va oʻqituvchilarning minnatdorchiliklarigacha. Oʻsha lahzalarning har biri – hamkorlikdagi ishimizning natijasi, har biringizning qoʻshgan hissangizsiz bunday natijaga erishmagan boʻlardik. Rahmat!»

Shovot tumanining 33-IDUM pedagogik tarbiki:

eMaklab jamoasi, sizlarga katta rahmat! Biz bilmagan narsalarni sabr bilan oʻrgatdingiz. Jamoa nomidan, mana shunday masʼuliyatli onlayn imtihon jarayonini muvaffaqiyatli yakunlashga yordam berganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Bog‘ot tumani 18-sonli maktabning pedagogik tarkibi

“Onlayn CHSBga tayyorgarlik koʻrishda bizga yordam berganingiz, barcha savollarimizga javob berganingiz uchun katta rahmat. Biz ushbu jarayonda ishtirok etganimizdan va barchasi muvaffaqiyatli oʻtganidan juda xursandmiz.”

Xotima

Imtihon natijalarini shu zahoti olish oʻquv jarayonini oʻquvchi uchun yanada jadal va qiziqarli jarayonga aylantirib, uning qiziqishi va faolligini saqlab qolishga imkon beradi. Natijalarni real vaqt rejimida tekshirish nafaqat oʻquv materialini chuqur tahlil qilishga yordam beradi, balki oʻquvchilarga oʻz xatolarini tezkor ravishda tuzatishga xizmat qiladi. Bu oʻquv jarayonini yanada samarali qilib, tanqidiy fikrlash va oʻz-oʻzini nazorat qilish koʻnikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Pedagoglar oʻquvchilar bilan yakka tartibda ishlash, oʻquv uslublarini ishlab chiqish kabi taʼlim jarayonining muhimroq jihatlariga eʼtibor qaratish imkoniyatiga ega boʻladilar.

“Oʻzbekiston MDH davlatlarining taʼlim jarayonlarini raqamlashtirish bosqichma-bosqich, ammo jadal surʼatlar bilan amalga oshirilayotgan kam sonli davlatlaridan biri hisoblanadi. eMaktab raqamli taʼlim platformasini joriy etish 2019-yilda boshlangan, 2024-yilda esa toʻrt yuzta maktab oʻquvchilari yakuniy chorak imtihonlarini onlayn ravishda muvaffaqiyatli topshirdi. Bu, haqiqatan ham, xalq taʼlimi sohasidagi ulkan yutuq va oldinga tashlangan katta qadamdir. Raqamlashtirish ota-onalarning ishtiroki va xabardorligini oshirishga imkon beradi, yakuniy natijalar — olingan bilimlar kelajakda yordam berishi uchun bolaning oʻzlashtirishi, maktab hayotini monitoring qilish uchun koʻplab vositalarni taqdim etadi. Biz koʻpchilikning imtihonlar, baholash tizimi, Internetda belgilanadigan reytinglarning yangicha shakliga oʻrganishi qiyin boʻlishini yaxshi tushunamiz. Shuning uchun maktab oʻquvchilariga ham, ota-onalarga ham, oʻqituvchilarga ham yordam berishga doim harakat qilamiz. eMaktabʼning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoʻriqnomalar, tavsiyalar va video materiallar mavjud. Agar sizda biron bir savol boʻlsa, sizga yordam berib, yoʻnalish koʻrsatadigan eMaktab qoʻllab-quvvatlash xizmatiga bemalol murojaat qilishingiz mumkin. Ikkinchi chorakda BSB va CHSBlarga tayyorgarlik koʻrish uchun biz barcha ota-onalar va bolalarga imtihonlarning demo versiyalarini bepul taqdim etamiz. Bu sizga yaxshiroq tayyorgarlik koʻrishga va ortiqcha hayajonning oldini olishga yordam beradi“, deydi Sabina Yunusova, eMaktab raqamli taʼlim resurslari loyihalari rahbari.

Baʼzi tadqiqotlar imtihon natijasini shu zahoti olish oʻquvchining eʼtibori va qiziqishini saqlab qolishga imkon berishini, bir necha kun davom etadigan tekshirish esa uning notoʻgʻri javoblarni tahlil qilishga boʻlgan qiziqishini pasayishiga olib kelishi mumkinligini tasdiqlaydi. Oʻzbekiston maktablarida oʻtkazilgan onlayn CHSBlar – taʼlim sohasida keng miqyosda kengaytiriladigan ulkan yutuq.