eMaktab Tech4Impact va UNDP Uzbekistan bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan IT & Digital Internship Program for Girls doirasida yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash tashabbusiga qo‘shildi. Dastur qizlarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularga O‘zbekiston IT sohasida haqiqiy karyera imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan.
Ushbu tashabbus doirasida eMaktab jamoasiga amaliyotchi Malika Jo‘rayeva qabul qilindi. U real vazifalar ustida ishladi, korporativ madaniyat bilan tanishdi va ta’limni raqamlashtirish loyihalarini izchil oʻrgandi. Uning ishtiroki jamoada umumiy rivojlanish jarayonining ajralmas qismiga aylandi: hamkorlikda ishlash, muhokamalar va kundalik amaliyot g‘oyalarning mahsulotga qanday aylanishini ko‘rishga imkon berdi.
Bu yil dastur ajoyib natijalarni namoyish etdi: UNDP ma’lumotlariga ko‘ra, ishtirokchilarning arizalari soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar ko‘paydi va hamkor kompaniyalar soni sezilarli darajada oshdi. Yakuniy taqdimot kunida Toshkent va Nukusdagi 24 ta kompaniyada amaliyot o‘tayotgan 35 nafar amaliyotchi o‘z loyihalarini namoyish etdi va biz — eMaktab jamoasi ushbu ro‘yxatga kirganimizdan mamnunmiz.

UNDP va Tech4Impact amaliyot dasturi turli sohalar — IT, fintech va “green” texnologiyalar sohasida qizlar, ustozlar va kompaniyalarni birlashtiradi hamda ishtirokchilarga amaliy tajriba va kasbda ishonchli boshlang‘ich imkoniyatlarni taqdim etadi. Biz uchun ushbu maqsadning bir qismiga aylanish: yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, real vazifalarga yo‘l ochish va IT sohasida ilk qadamlarni qo‘yishda yordam berish muhim.
Dasturda ishtirok etish tajribasi bilan eMaktab’ning bosh kontent-menejeri Matkarimov Temur o‘rtoqlashdi. U amaliyot davomida stajyorga hamrohlik qildi:
“Stajyor uchun boʻlganidek, men uchun ham ushbu amaliyot yangi tajriba bo‘ldi. Biz yonma-yon ishlashni o‘rgandik, bosqichma-bosqich vazifalarni oʻrgandik va qaysi sohada zoʻr ekanligimizni anglashga harakat qildik. Qiziqish asta-sekin ishonchga aylanayotgani, kichik topshiriqlar sezilarli natija bera boshlagani ko‘rinib turardi. Men murabbiylikni xotirjam qabul qilaman: bu — o‘zim bilgan narsalar bilan o‘rtoqlashish va inson yangi narsalarni sinab ko‘rishi, yechim izlashi, savollar berishi va g‘oyalar taklif qilishini kuzatish imkoniyatidir. Bunday lahzalar inson rivojlanayotganini ko‘rsatadi va bu chindan ham quvonarli holaf. Biz ta’limni raqamlashtirish sohasida ishlaymiz hamda amaliyotchi ahamiyatli va real vazifalarga qo‘l urganidan mamnunman. U mehnat jarayonini tubdan ko‘rdi va biz ish olib borayotgan loyihalarga o‘z hissasini qo‘shdi. O‘ylaymanki, bunday dasturlar endigina ish faoliyatini boshlayotgan yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun imkon yaratadi. Agar men birinchi qadamni biroz dadilroq qo‘yishga yordam bera olgan bo‘lsam, bu — yaxshi natija”.

IT & Digital Internship Program for Girls ishtirokchisi va kompaniyamiz stajyori Malika Jo‘rayeva o‘z taassurotlari va xulosalari bilan boʻlishdi:
“Amaliyotga kelganimda, men uchun muhit ham, jarayonlar ham, IT-kompaniyada ishlash hissi ham yangicha edi. Ammo dastlabki kunlardanoq iliq va qo‘llab-quvvatlovchi muhitga tushib qolganimni his qildim. Xotirjamlik bilan tushuntiradigan, savollarga javob beradigan va jarayonlarni tushunishga sidqidildan yordam beradigan odamlar bilan ishlash menga qulay edi. Ayniqsa, Temurdan minnatdorman — uning sabr-toqati va hamma narsani izchil tushuntirishi ishga moslashishimni ancha osonlashtirdi. Bu orqali jarayonlar qanday tashkil etilgani va har bir jamoa a’zosi qanday mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini tushuna boshladim. Ushbu amaliyot haqiqiy IT sohasini tubdan ko‘rish va kasbiy rivojlanish imkonini berdi: men ishchi vositalardan ishonchliroq foydalanishni, erkinroq muloqot qilishni boshladim, savollardan qo‘rqmaslikka oʻrgandim va ishim haqiqatan ham muhim ekanligini anglab yetdim. Amaliyot davomida kompaniya ta’limni raqamlashtirish jarayonida muhim rol o‘ynashiga guvoh boʻldim. Bu o‘quv jarayonini o‘quvchilar, ota-onalar va o‘qituvchilar uchun qulayroq va tushunarliroq qiladi, bu esa chindan ham ilhomlantiradigan holat”.