O'zb
Qog‘ozsiz maktab: raqamlashtirishning iqtisodiy samarasi
29 iyun 2026

Maktab qog‘oz bilan ish yuritganda, xarajatlar faqat chop etish bilangina cheklanib qolmaydi. Sinf jurnallari, tabellar, hisobotlar va baholash ishlari qog‘oz, sarf materiallar, saqlash, qo‘lda ishlov va o‘qituvchilardan qoʻshimcha vaqt talab qiladi.

O‘zbekistonda 2018-yildan elektron jurnal va kundaliklar joriy etila boshlandi. Bugungi kunda raqamli vositalardan 10 700 dan ortiq maktab foydalanadi va ular 11 milliondan ortiq foydalanuvchini — ya’ni o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar va ta’limni boshqarish idoralarini o‘zida birlashtiradi. Bunday ko‘lam raqamlashtirishni nafaqat qulaylik sifatida, balki ta’lim tizimida qog‘ozbozlikni kamaytirish, xarajatlarni qisqartirish va ma’lumotlar shaffofligini oshirish vositasi sifatida baholash imkonini beradi.

Qog‘oz jurnaldan raqamli infratuzilma sari

Raqamlashtirishning dastlabki sezilarli natijasi qog‘oz sinf jurnallaridan voz kechish bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishning iqtisodiy samaradorligi allaqachon tasdiqlangan.

“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi oʻtkazgan hisob-kitoblarga ko‘ra, elektron jurnallarga o‘tish 2023-yilning o‘zidayoq davlatga faqat qog‘oz sinf jurnallarini chop etishdan voz kechish hisobiga yiliga 12 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni tejash imkonini bergan. Tabellar, kundaliklar, hisobot shakllari va maktab hujjatlarining bir qismi elektron formatga o‘tishini hisobga olsak, umumiy iqtisodiy samara bundan-da yuqori bo‘lishi mumkin”, — deya ta’kidladi O‘zbekiston MMTV Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining yetakchi mutaxassisi Arslonbek Rahmonqulov.

Ushbu raqam tizimning ommaviy qamrab olinganda beradigan yillik samarasini ko‘rsatadi. Maktablar yangi tizimga bosqichma-bosqich oʻtgani sababli, mazkur ko‘rsatkichni joriy etish uchun ketgan barcha yillarga avtomatik ko‘paytirib bo‘lmaydi. Biroq, tizimning ommaviy qamrovida birgina qog‘oz jurnallardan voz kechishning iqtisodiy samarasi bir necha yil ichida o‘nlab milliard so‘m foyda keltirgani aniq.

Quyida raqamlashtirishning boshqa yo‘nalishlari oldini olish mumkin bo‘lgan taxminiy xarajatlar sifatida ko‘rib chiqilgan. Mazkur xarajatlar baholash ishlari va hujjatlar qog‘oz formatda saqlanib qolgan taqdirda yuzaga kelishi mumkin edi.

Raqamli tabellar: qog‘ozbozlik va qo‘lda qayta ishlash ehtiyojining kamayishi

Alohida yo‘nalish bu — elektron tabellar. O‘quvchilarning tabellari 2024–2025-o‘quv yilidan boshlab elektron shaklga o‘tkazildi.

Aksariyat o‘quvchilar uchun yillik tabel bir sahifani egallab, o‘tgan o‘quv yilidagi natijalarni aks ettiradi. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 6,87 mln.dan ortiq maktab o‘quvchisi bor. Agar bitta yillik tabelni bir varaq deb hisoblasak, qog‘oz format uchun yiliga taxminan 6,87 mln varaq talab etilgan bo‘lardi. Agar har bir A4 formatdagi qogʻoz oʻramini o‘rtacha 40 000 so‘mdan hisoblasak, bu — taxminan 13,7 ming oʻram A4 formatdagi qog‘oz va faqat qog‘ozning o‘ziga qariyb 550 mln so‘m demakdir. Tabellar elektron formatga o‘tkazilganidan keyingi ikki o‘quv yili davomida bu ko‘rsatkich taxminan 13,7 mln varaq va qariyb 1,1 mlrd so‘mni tashkil etadi. Ushbu hisob-kitoblarda chop etish, sarf materiallar, hujjatlarni saqlash va xodimlar vaqti inobatga olinmagan.

Bitiruv tabellarini alohida baholash lozim. 2026-yil may oyida 9- va 11-sinflarni 1,09 mln.dan ortiq o‘quvchi tamomlagan. Agar bitiruvchining yakuniy tabeli taxminan 10 sahifani egallasa, birgina bitiruv yilining o‘zida qog‘oz formatga 10,9 mln.dan ortiq varaq, 21,9 ming oʻramga yaqin A4 qog‘ozi va faqat qog‘oz uchun qariyb 875 mln so‘m talab etilgan bo‘lardi.

eMaktab platformasida tabellarni raqamli formatga o‘tkazish qog‘oz, chop etish, jismoniy saqlash va hujjatlarni qo‘lda qayta ishlash ehtiyojini kamaytiradi.

Onlayn-CHSB: qog‘ozbozlik va qo‘lda tekshirishning kamayishi

Baholash jarayonini raqamlashtirish alohida samara beradi. O‘quv yili yakunlariga koʻra, 3 387 ta maktab markazlashtirilgan onlayn-CHSBdan o‘tgan. Bu mezonli baholash tizimi bo‘yicha ishlaydigan barcha maktablarning 97,13 foizini tashkil etadi. Baholashda 1 644 917 nafar 5–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

Markazlashtirilgan onlayn-CHSBning avtomatik tekshiruvi 137 ming soatdan ortiq pedagogik vaqtni tejash imkonini bergan. Hisob-kitob onlayn-CHSB ishtirokchilari soni va bitta ishni qo‘lda tekshirishga ketadigan o‘rtacha vaqtga asoslangan: o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, bunday tekshiruv bir o‘quvchi uchun taxminan 5 daqiqa vaqt oladi. Buni onlayn-CHSBda qatnashgan 3 387 ta maktab misolida qayta hisoblasak, har bir maktabga qariyb 40 soat pedagogik vaqt to‘g‘ri keladi.

CHSB uchun qog‘oz sarfi alohida hisoblanadi. Agar CHSB qog‘oz formatda o‘tkazilsa, bitta maktab 5-dan 11-gacha barcha sinflar uchun bir chorakda taxminan 7 560 varaq ishlatgan bo‘lardi. 3 387 ta maktab uchun bu bir chorakda 25,6 mln.dan ortiq qog‘oz varag‘i yoki 51 mingdan ziyod A4 oʻramini tashkil qiladi. Har bir oʻramning o‘rtacha narxi 40 000 so‘m bo‘lsa, faqat qog‘oz uchun ehtimoliy xarajatlar bir chorakda taxminan 2 mlrd so‘mga yetishi mumkin edi.

Agar ushbu modelni to‘rt chorakka nisbatan qo‘llasak, bir o‘quv yili uchun taxminiy ehtiyoj 102,4 mln.dan ortiq qog‘oz varag‘i, 205 mingga yaqin A4 oʻrami va faqat qog‘oz uchun qariyb 8,2 mlrd so‘mni tashkil etishi mumkin edi. Bir nechta parallel sinflari bor maktablarda qog‘ozning amaldagi sarfi bundan ham yuqori bo‘lardi. Ushbu hisob-kitoblarga chop etish, sarf materiallar, hujjatlarni saqlash va xodimlarning ish vaqti kiritilmagan.

Amaliy samarani o‘qituvchilar ham tasdiqlashmoqda. Toshkent shahridagi 120-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Olga Andreyevaning ta’kidlashicha, baholashning elektron formatga o‘tkazilishi pedagoglar ishini sezilarli darajada osonlashtirgan.

“Materiallarni chop etish shart emas, barcha topshiriqlar eMaktab platformasi orqali beriladi. Har bir o‘quvchi uchun topshiriqlar turlicha tartibda shakllantirilgani ko‘chirmakashlikka yo‘l qo‘ymaydi. Elektron jurnalga baholar avtomatik tarzda qo‘yiladi va ularni qo‘lda hisoblash uchun oʻqituvchi vaqt sarflashiga hojat qolmaydi. Bunday yondashuv baholashning xolisligini ta’minlaydi, asosiy e’tiborni esa darsda olingan haqiqiy bilimlarga qaratadi”, — deya ta’kidladi pedagog.

Toshkent shahridagi 120-maktabning tarix fani o‘qituvchisi Zarina Hakimova ham shu kabi samara kuzatilayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, onlayn-testlar o‘qituvchi va o‘quvchining vaqtini tejaydi, natija esa test yakunlanishi bilan darhol ma’lum bo‘ladi. Bu o‘quvchilarga o‘z xatolarini tezroq ko‘rish, o‘qituvchilarga esa qo‘lda tekshirmasdan tayyor baholarni olish imkonini beradi.

Ma’lumotlarning uzoq muddat saqlanishi

Tejamkorlikning yana bir yo‘nalishi ma’lumotlarni uzoq muddat saqlash bilan bog‘liq. Maktab hujjatlari va ma’lumotlari eMaktab raqamli arxivida 25 yilgacha saqlanadi. Bu jismoniy arxivlar, qog‘oz hujjatlarni saqlash va ularga qo‘lda ishlov berish ehtiyojini kamaytiradi, shuningdek, zarurat tug‘ilganda ma’lumotlardan foydalanishni osonlashtiradi.

Platforma ko‘lami raqamlarda

Raqamli ta’lim platformasining ko‘lami raqamlashtirish haqida butun ta’lim tizimi uchun infratuzilmaviy o‘zgarish sifatida soʻz yuritish imkonini beradi. eMaktabning 2025–2026-o‘quv yilidagi ma’lumotlariga ko‘ra, platformada 15,1 mlrd.dan ortiq baho qo‘yilgan hamda uyga vazifa yoki dars mavzulari bilan birga 1,2 mlr.dan ziyod dars yaratilgan.

Raqamlashtirishning davlat uchun asosiy samarasi nafaqat qog‘oz va chop etish xarajatlarini kamaytirishdan iborat. Bu — ta’lim tizimining ma’lumotlarga asoslangan boshqaruvga o‘tishidir. Baholar, topshiriqlar, hisobotlar va baholash natijalari yagona raqamli muhitda qayd etib borilsa, davlat maktablarda yuz berayotgan jarayonlar haqida aniqroq tasavvurga ega bo‘ladi hamda ta’lim sifati, o‘qituvchilarning ish yuklamasi va islohotlar samaradorligi bo‘yicha tezroq qarorlar qabul qila oladi.

Shunday qilib, raqamlashtirishning iqtisodiy samarasi bir nechta yo‘nalishlardan tarkib topadi. Bular — qog‘oz jurnallarni chop etishdan voz kechish, choraklik jamlovchi baholashni onlayn formatga o‘tkazish, tabellarni raqamli shakllantirish, maktab ma’lumotlarini uzoq muddat saqlash hamda o‘qituvchilar va maktab xodimlarining vaqtini tejashdir.“Materiallarni chop etish shart emas, barcha topshiriqlar eMaktab platformasi orqali beriladi. Har bir o‘quvchi uchun topshiriqlar turlicha tartibda shakllantirilgani ko‘chirmakashlikka yo‘l qo‘ymaydi. Elektron jurnalga baholar avtomatik tarzda qo‘yiladi va o‘qituvchiga ularni qo‘lda hisoblash uchun vaqt sarflashning hojati qolmaydi. Bunday yondashuv baholashning xolisligini ta’minlaydi, asosiy e’tiborni esa darsda olingan haqiqiy bilimlarga qaratadi”, — deya ta’kidlaydi pedagog.

Toshkent shahridagi 120-maktabning tarix fani o‘qituvchisi Zarina Hakimova ham shunga o‘xshash samara kuzatilayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, onlayn-testlar o‘qituvchi va o‘quvchining vaqtini tejaydi, natija esa test yakunlanishi bilan darhol ma’lum bo‘ladi. Bu o‘quvchilarga o‘z xatolarini tezroq ko‘rish, o‘qituvchilarga esa qo‘lda tekshirmasdan tayyor baholarni olish imkonini beradi.

Ma’lumotlarni uzoq muddat saqlash

Tejamkorlikning yana bir yo‘nalishi ma’lumotlarni uzoq muddat saqlash bilan bog‘liqdir. Maktab hujjatlari va ma’lumotlari eMaktab raqamli arxivida 25 yilgacha saqlanadi. Bu jismoniy arxivlar, qog‘oz hujjatlarni saqlash va ularga qo‘lda ishlov berishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, shuningdek, zarurat tug‘ilganda ma’lumotlardan foydalanishni osonlashtiradi.

Platforma ko‘lami raqamlarda

Raqamli ta’lim platformasining ko‘lami raqamlashtirish haqida butun ta’lim tizimi uchun infratuzilmaviy o‘zgarish sifatida gapirish imkonini beradi. eMaktabning 2025–2026-o‘quv yiliga oid ma’lumotlariga ko‘ra, platformada 15,1 mlrddan ortiq baho qo‘yilgan hamda uy vazifasi yoki dars mavzulari bilan birga 1,2 mlrddan ziyod dars yaratilgan.

Raqamlashtirishning davlat uchun asosiy samarasi faqatgina qog‘oz va chop etish xarajatlarini kamaytirishdan iborat emas. Bu — ta’lim tizimining ma’lumotlarga asoslangan boshqaruvga o‘tishni anglatadi. Baholar, vazifalar, hisobotlar va baholash natijalari yagona raqamli muhitda qayd etib borilsa, davlat maktablarda yuz berayotgan jarayonlar haqida aniqroq tasavvurga ega bo‘ladi hamda ta’lim sifati, o‘qituvchilarning ish yuklamasi va islohotlar samaradorligi bo‘yicha tezroq qarorlar qabul qila oladi.

Shunday qilib, raqamlashtirishning iqtisodiy samarasi bir nechta yo‘nalishlardan tashkil topadi. Bular — qog‘oz jurnallarni chop etishdan voz kechish, CHSBni onlayn formatga o‘tkazish, tabellarni raqamli shakllantirish, maktab ma’lumotlarini uzoq muddat saqlash hamda o‘qituvchilar va maktab xodimlarining vaqtini tejashdir.