Рус
eMaktab va MMTV O‘zbekiston maktablarida robototexnika darslarini yo‘lga qo‘ymoqda
20 сентября 2026

eMaktab va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktab ta’limida robototexnika darslarini joriy etishga yoʻnaltirilgan hamkorlik memorandumini imzoladi. Tashabbus doirasida o‘quvchilar muhandislik loyihasining g‘oya va loyihalashdan tortib, tayyor qurilmani yig‘ish, dasturlash va sinovdan o‘tkazishgacha — to‘liq siklni o‘zlashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Loyiha zamirida zamonaviy texnik va muhandislik ta’limiga amaliy yondashuv yotadi. O‘rta maktab o‘quvchilari mustaqil ravishda loyihalar ishlab chiqishi, zarur komponentlarni tanlashi, qurilma va robotlarni yig‘ishi, ularni dasturlashi va tayyor yechimlarni amalda sinab ko‘rishi uchun sharoitlar yaratish rejalashtirilgan.

Birinchi bosqichda loyiha O‘zbekistonning 14 ta hududini, har bir hududda bittadan maktabni qamrab oladi. Oktyabr oyida dastur va uskunalar bilan ishlaydigan o‘qituvchilarni o‘qitish rejalashtirilgan. Maktab o‘quvchilari uchun mashg‘ulotlar taxminan noyabr oyida boshlanishi kutilmoqda.

Bunday ta’lim shakli muhandislik tafakkurini, mustaqillikni, amaliy masalalarni yechish ko‘nikmalarini va g‘oyalarni ishlaydigan texnologik yechimlarga aylantirish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Maktab o‘quvchilari oliy ta’lim muassasasiga yoki o‘rta kasb-hunar ta’limi muassasasiga o‘qishga kirgunga qadar tayanch texnik bilimlarga va o‘z loyihalari ustida ishlash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lishi kutilmoqda.

“eMaktab uchun ushbu loyiha kelajakda o‘z texnologik mahsulotlarini yarata oladigan va mamlakatni rivojlantirishda ishtirok etadigan yangi avlod muhandislari, dasturchilari va ixtirochilarini tayyorlashga qo‘shilgan hissadir”, — deya ta’kidladi eMaktab bosh direktori Aleksandr Potapkin.