O'zb
“Kundalik”da baho qo‘yish va to‘g‘rilash cheklovi haqida
28 mart 2023

Tarmoqda “Kundalik”da baholarni tahrirlashning iloji yo‘qligi haqida ma’lumot tarqaldi. Bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining “Umumta’lim maktablarida oʻquvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash toʻgʻrisida”da 2022-yil 24-iyundagi 205-son buyrugʻi  asosida o‘tgan yili ham “Kundalik” tizimida baholarni tahrirlash cheklovlari qayd etilgan edi.

Kundalik” elektron sinf jurnalida baholar onlayn va oflayn rejimda kiritiladi. Onlayn kiritilgan baholarni “Oʻzgarishlar tarixi” boʻlimida kuzatish hamda ularni 72 soat ichida oʻzgartirish (toʻldirish) mumkin. Boshqa hollarda esa tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga rasmiy xat bilan murojaat qilishingiz lozim”, - deyiladi 2022-yil 24-iyundagi 205-son buyrug‘iga 1-ilovaning 12-bandida.

Texnik tomondan, “Kundalik” platformasida baholarni hisobga olish o‘zgarmadi: monitoring tizimi, agar darsdan so‘ng “Jurnallar” bo‘limida o‘qituvchi belgilangan muddatlarda darsda qatnashgan o‘quvchilar umumiy sonining 30 foizini baholasa, va dars sahifasiga “Dars o‘tkazildi” belgisini qo‘ygan bo‘lsa, dars o‘tkazilgan deb hisoblanadi.

Dars o‘tilgan kundan boshlab 72 soatdan keyin baholarni tahrirlashni taqiqlash MMTV so‘roviga binoan ishlab chiqilmoqda. Foydalanuvchilar yangilik haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.

Norasmiy manbalarda chop etilgan ma’lumotlarga ishonmaslikni tavsiya qilamiz.