O'zb
“eMaktab” platformasida mezon asosida baholash tizimi boʻyicha oʻqituvchilar uchun kurs taqdim etildi
27 oktabr 2023

2023-2024-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi maktablarda bosqichma-bosqich mezon asosida baholash tizimi joriy etilmoqda. “eMaktab.Smart” platformasida taqdim etilgan kurs Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi qoshidagi “Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-markazi” ko‘magida yaratildi. O‘zbekistonlik o‘qituvchilar uchun o‘qish bepul bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra sertifikat beriladi.


Kurs 60 daqiqa davom etadi va beshta tematik moduldan iborat:
• Formativ baholash.
• Sinf ishi va uy vazifasi.
• Summativ baholash.
• Summativ ish turlarini qo‘shish.
• Summativ ishlarni tahrirlash va o‘chirish.
• Choraklik, yarim yillik, yillik yakuniy baholarni hisoblash tartibi.
• “eMaktab” tizimida pedagog ishini avtomatlashtirish imkoniyati.

“eMaktab.Smart” servisi haqida
“eMaktab.Smart” — o‘qituvchining virtual yordamchisidir. Servis darsga tayyorgarlik ko‘rish, interfaol vazifalarni yaratish, onlayn darslar va olimpiadalarni tashkillashtirish uchun ketadigan vaqtni qisqartirishga yordam beradi. Pedagog mustaqil ravishda uy vazifasini yaratishi yoki tayyor vazifalar bankidan tanlashi, o‘zining interaktiv materiallarini yuklashi mumkin. Onlayn-olimpiadani tashkillashtirishda materiallarni yuklash, reytinglarni “Excel”ga yuklab olish, ishtirokchilarga diplom berish mumkin.

Kursga havola 
Videoyo‘riqnoma bu yerda.