O'zb
eMaktab raqamli ta’lim platformasi yangi o‘quv yili uchun yangilandi
26 avgust 2024

Yangilanishlar barcha foydalanuvchilarga tegishli: o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar. Yangiliklar, birinchi navbatda, pedagoglarning ishini soddalashtirish, shaffoflikni oshirish, maktab ta’limi samaradorligini oshirish va xavfsiz muloqotga qaratilgan.

Jurnalga avtomatik ravishda baho qo‘yish funksiyasi 

Endilikda o‘qituvchilar raqamli uy vazifalari va

raqamli BSB/ ChSB uchun baholarni qo‘yishga vaqt sarflashlari shart emas. Barcha o‘quvchilar uy vazifasini bajarib bo‘lganlaridan so‘ng, “Jurnalga baho qo‘yish” tugmasini bir marta bosish orqali bir vaqtning o‘zida barcha baholarni qo‘yish mumkin va barcha baholar avtomatik ravishda jurnalda paydo bo‘ladi.

 “Uslubiy yordam” bo‘limi

Bo‘lim o‘qituvchilarga me’yoriy-huquqiy hujjatlar, yo‘riqnomalar, o‘quv materiallari, taqvim-mavzu rejalar bilan tanishish uchun imkoniyat berish maqsadida yaratilgan. Joriy yilning 1-sentyabr sanasidan boshlab ushbu bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining barcha o‘qituvchilari uchun ochiq bo‘lib, materiallardan bepul foydalanish va ularni yuklab olish mumkin bo‘ladi. Shunday qilib, platformada pedagoglarning ishini soddalashtirish uchun zarur ma’lumotlarning yagona bazasi mujassam qilinadi.

Onlayn-trenajorlar

Test topshiriqlari formatidagi onlayn trenajorlar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kirishga tayyorgarlik ko‘rish uchun yaratilgan. Test sinovlari Prezident ta’lim muassasalari agentligining real savollariga asoslanadi. Bu har qanday cheklovlarsiz sinov kirish testlarini topshirib ko‘rishga imkon beruvchi yagona rasmiy onlayn trenajor sanaladi. Trenajorlar o‘zbek, qoraqalpoq, rus tillarida taqdim etilgan.

Mezonli baholash tizimi joriy qilingan maktablar uchun jurnalning yangilanishi

 Yangilangan jurnallar 100 ballik tizimda baholashga moslashtirilgan bo‘lib, ularning tuzilmasiga BSB va ChSB uchun maxsus ustunlar qo‘shildi, shuningdek, jurnallar yarim yillik asosda baholanadigan fanlar uchun choraklar shaklidan yarim yillik shaklga o‘tkazildi. Mezonli baholash tizimi joriy qilingan maktablar uchun tayyor kalendar-mavzu rejalar joylashtirildi. Endi, o‘qituvchi jurnaldan chiqmay turib, shuningdek, uy vazifalari mavzularini qo‘lda kiritmasdan, tayyor TMRni bitta tugmani bosish orqali tizimga import qilishi mumkin. Bu, oxir-oqibat, o‘qituvchilarni ortiqcha “qo‘lda ma’lumot kiritish” ishidan ozod qiladi.

 eMaktab.Smart yangi interfeysi

Interfeysning yangilangan dizayni foydalanish uchun yanada qulayroq bo‘lib, mobil qurilmalarda ishlash uchun ham moslashtirilgan. 

eMaktab.Oila mobil ilovasida yangi imkoniyatlar

Endi “reyting” funksiyasi “nafaqat o‘quvchining sinfdagi o‘rnini ko‘rsatadi, balki parallel sinflar o‘rtasidagi to‘liq raqobatni namoyish qiladi. Har bir fan bo‘yicha sinflar reytingi mavjud bo‘lib, unda o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga qarab, har bir sinf reytingda muayyan o‘rinni egallaydi.

Shaxsiy chatlar

eMaktab.Oila mobil ilovasida chatlar paydo boldi. Platforma ichida muloqot qilish imkoniyati foydalanuvchilarning iltimoslariga binoan yo‘lga qo‘yildi. Oqituvchilar va ota-onalar maktabga tegishli masalalarni begona messenjerlarda muhokama qiladilar, bu esa muhim ma’lumotlarning yoqolishiga va shaxsiy ma’lumotlarning oshkor bo‘lishiga olib kelishi mumkin. eMaktab tizimidagi chatlar maktabga oid barcha muloqot va muhokamalarni bitta ta’lim platformasida jamlash imkonini beradi. Ota-onalar va oqituvchilar shaxsiy xabar yozishlari uchun aloqa uchun raqamlarni qidirishlari shart emas: bolaning chatdagi profili ustiga bosish va bolaning vakillaridan qaysi biri bilan boglanish kerakligini tanlash kifoya. Sinf rahbarlari uchun sinf chati allaqachon yaratilgan bo‘lib, fan oqituvchilari esa o‘zlari oz fanlari boyicha sinf muhokamalarini yaratishlari mumkin. Qolaversa, oqituvchilar shaxsan, ham umumiy yozishmalar orqali bir-birlari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Chatlarda fayllarni jo‘natish mumkin, yangi xabarlar indikatori esa muhim ma’lumotni otkazib yuborishga yol qoymaydi. Foydalanuvchilar chatlarda almashadigan barcha kontent ishonchli ravishda himoyalangan, chunki ular yopiq ta’lim tizimida joylashgan. Bu O‘zbekistonda EdTech texnologiyasini rivojlantirish, shuningdek, xavfsiz platformada o‘quv jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida onlayn muloqot qilish yo‘nalishidagi muhim qadamdir. 

 

Oʻqituvchilar va eMaktab administratorlari uchun oʻquv yili boshlanishiga videoqoʻllanmalar chek-listi