O‘zbekistonda ta’lim xizmatlari va texnologiyalari bozori jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda, bu esa maktab o‘quvchilarining o‘zlashtirishi va savodxonligining o‘sishida ijobiy aks etmoqda. Pedagoglar onlayn uy vazifalari, onlayn imtihonlar kabi raqamli vositalar yordamida o‘z ish vaqtlarini tejashlari, o‘quvchilar bilan ijodiy ishlarga ko‘proq vaqt ajratish uchun ish kunini optimallashtirishlari mumkin.
Raqamli inqilob eMaktab.Smart
Maktablarning bosqichma-bosqich ravishda mezonlar asosida baholash tizimiga o‘tkazilishi munosabati bilan eMaktab.Smart platformasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston bo‘ylab 168 ta maktabda 5-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan onlayn-ChSBlar ishlab chiqilishi va tashkil etilishiga erishildi. Natijada 100 mingdan ortiq ota-onalar va o‘quvchilar ChSB va BSBlarning amaldagi demo-versiyalaridan foydalandilar. O‘qituvchilar orasida eMaktab.Smart platformasidagi raqamli kontentdan foydalanish foizi 45% ga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki barobarga ko‘proqdir. Summativ ishlarning onlayn formati tufayli o‘qituvchi har chorakda 10 000 soatdan ortiq vaqtni tejaydi. Shuningdek, qog‘oz xarajatlari 406 mln so‘mga qisqartirildi. Bu ko‘rsatkichlar ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari o‘rtasida platformaning raqamli imkoniyatlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganidan dalolat beradi.
“Hech bir mubolag‘asiz aytishim mumkinki, joriy yilda biz ta’lim sohasida haqiqiy raqamli yuksalishni amalga oshirdik. Bugungi kunda 120 mingdan ortiq o‘quvchilar onlayn-ChSBlarni topshirdilar. Bu butun mamlakat bo‘ylab o‘qituvchilarga 10 000 soatga yaqin ish vaqtini tejash imkonini berdi. (Bir nafar o‘quvchining qog‘oz shaklidagi ChSBsini tekshirish uchun o‘qituvchida taxminan 5 daqiqa* 120 000 o‘quvchi = 600 000 daqiqa, ya’ni 10 ming soat vaqt ketadi).
eMaktab.Smart platformasi summativ ishlarni raqamli formatda yaratish hamda qo‘lda tekshirish va baholashning murakkab jarayonlaridan voz kechish imkonini beradi. Shuningdek, qog‘oz sotib olish va topshiriqlarni chop etish xarajatlariga zarurat ham qolmaydi. Har chorakda biz o‘quvchilar uchun ular bepul va cheklanmagan miqdorda urinishlar soniga ega bo‘lishlari mumkin bo‘lgan BSB va ChSBlarning demo-versiyalari tayyorlanadi. Bu haqiqiy imtihonga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi va yuqori ko‘rsatkichga erishish ehtimolini oshiradi. O‘tgan hafta davomida eMaktab platformasida 53 mingdan ortiq marta demo-ChSBlardan foydalanilgan. Ushbu havola orqali tayyorgarlik ko‘rish uchun hammada vaqt bor,” – deydi eMaktab raqamli ta’lim resurslari bo‘limi rahbari Sabina Yunusova.
eMaktab.Oila ilovasini yuklab olishlar soni 5 milliongacha ko‘paydi
2023-yilda eMaktab.Oila mobil ilovasi 1 million marta yuklab olingan bo‘lsa, 2024-yil oxiriga kelib, yuklab olishlar soni 5 millionga yetdi. Pro-obunani endi ushbu havola orqali uning ustiga ikki marta bosib, tez va oson rasmiylashtirish mumkin.
Shunday qilib, o‘tgan yili eMaktab platformasida 1,2 milliondan ortiq baholar qo‘yilgan, 107 milliondan ortiq uyga vazifa berilgan darslar o‘tkazilgan va o‘quvchilarning jalb etilganlik darajasi 88% gacha o‘sgan. eMaktab metodistlari 45 ming o‘qituvchi uchun mingdan ortiq oflayn va onlayn seminarlar o‘tkazdilar. Texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimlari tomonidan 34 ming qo‘ng‘iroq va 73 ming yozma murojaat qabul qilindi.
“Joriy yilda kelib tushgan murojaatlarning 97,4% operatorning birinchi javobi bilan qondirilgan. Bu shundan dalolat beradiki, foydalanuvchilarning deyarli 100% koll-markazga qayta murojaat qilish zaruratisiz birinchi martadan savollariga to‘laqonli javob olib, muammolariga yechim topishgan.
Qo‘llab-quvvatlash xizmatining aloqa kanallaridan foydalanuvchilarning qoniqishi: 95,7% ni tashkil etadi, ya’ni xodimlarning telefon, ilova va pochta orqali foydalanuvchilar bilan muloqotlari sifat jihatidan bir xil darajada. Shuningdek, biz Telegram-botimizning funksionalini yangiladik, endi u orqali PRO-obunani rasmiylashtirish va ANORBANK tomonidan taqdim etilgan sovrinli o‘yinda ishtirok etish mumkin,” – deydi eMaktab texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbari Hilola Izzatova.Bugungi kunda eMaktab raqamli ta’lim platformasi bilan 10 mingdan ortiq maktab hamkorlikda faoliyat yuritmoqda. Platformada 1,2 mlrd.dan ortiq baholar qo‘yilgan, 107 526 875 dan ortiq darslar va 107 milliondan ortiq uy vazifasi berilgan darslar o‘tkazilgan.
2025-yilda kompaniyada O‘zbekistonda EdTech sohasini yanada transformatsiya qilish uchun ko‘plab yangiliklar rejalashtirilgan bo‘lib, ular tez orada e’lon qilinadi.
Sizlar bilan birga faxrlanishimiz mumkin bo‘lgan natijalar uchun O‘zbekistondagi barcha pedagoglar, o‘quvchilar va ota-onalarga minnatdorchilik bildiramiz!